Umarov Qosimjon Mirzakulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib708.
Ilmiy rahbar: Abdusamatov Bobir Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abdurashid Jurakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusufjon Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika perinatal markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diagnostik laparoskopiya usulini qo‘llash orqali yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning jarrohlik bosqichida operativ davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asoratlangan nekrotik enterokolitda oshqozon-ichak trakti perforatsiya oldi bosqichida maksimal radikal endovizual jarrohlik amaliyotini qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
nekrotik enterokolit asoratlari perforatsiya oldi bosqichini erta baholashda chegaralangan nekrotik maydonni rezeksiyasi va «uchma-uch» anastomoz qo‘yish, hamda perforatsiya bosqichida teshilgan oshqozon qismini tikish, ikki tanali alohida entero yoki kolostoma shakllantirish usullarining samaradorligi asoslangan;
oqsil etishmovchiligi va modda almashinuvining buzilishi natijasidagi metabolik o‘zgarishlar shakllangan bemorlarda entero va kolostomalarni yopilish muddatlariga individual yondoshish zarurligi aniqlangan; 
jarrohlik bosqichidagi nekrotik enterokolitni davolashda diagnostik laparoskopiyadan foydalanish natijasida jarrohlik asoratlarini kamaytirish, jarrohlik travmasini minimallashtirish va og‘ir oqibatlarni kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga asoslangan bosqichli algoritm ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni tashxislash va davolashni takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
nekrotik enterokolitni erta aniqlash, muqobil davolash usulini tanlash va asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning jarrohlik bosqichlarida davolash taktikasi algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/511-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni laparoskopik  samarali davolash usulini tanlash imkonini bergan; 
chaqaloqlarda jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi davrni qisqartirish va bemorlar xayot sifatini ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitda enterostomiya usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 7 yanvar` 2021 yildagi 8n-z/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi nekrotik enterokolitda endovizual tashxislash usulini amaliyotda qo‘llash orqali bemorlarda noxush asoratlarning kamayishi, operatsiyadan keyingi davrning qisqarishi imkonini bergan; 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika perinatal markazi qoshidagi davolash va o‘quv-uslubiy neonatal xirurgiya markazi, hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti 2- klinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 8n-z/39-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda nekrotik enterokolitni dastlabki jarrohlik bosqichlarida tashxislash sifatini yaxshilash, davolash jarayonida ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni sezilarli darajada kengaytirilishi jarrohlik asoratlari va operatsiyadan keyingi o‘lim darajasini 67,6% dan 35,1% gacha kamaytirish hamda bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish