Nurova Go‘zal Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vazomotor rinitning kompleks diagnostikasi va davolashni optimallashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019/2/PhD/Tib846.
Ilmiy raxbar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti,DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Tulebaev Rays Kajkenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Astraxan davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vazomotor rinit bilan kasallangan bemorlarda burun bo‘shlig‘ida yuzaga keladigan klinik-funksional holatlarni baxolash asosida kasallikning rivojlanishi va klinik kechishini bashoratlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vazomotor rinit bilan og‘rigan bemorlarning burun bo‘shlig‘i shilliq qavatida yuzaga keladigan funksional holatning buzilishi, rinoma-nometriya, pH-metriya va burun bo‘shlig‘i qon tomirlari doplerografik ko‘rsatkichlarining patologik o‘zgarishi asosida kelib chiqishi isbotlangan;
vazomotor rinit bilan og‘rigan bemorlarning xavfi, kechishini bashorat qilish mezonlari ishlab chiqilgan;
vazomotor rinit bilan og‘rigan bemorlarni kompleks tashxislash va davolash samaradorligi isbotlangan;.
vazomotor rinitning bemorlar hayot sifatiga ta’sirini baholash uchun vazomotor rinitning bemorlarda kechishi va oqibatlarining tibbiy-ijtimoiy jihatlari qiyosiy baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p omilli kasallik hisoblangan vazomotor rinitni erta tashxislash va davolashni takomil-lashtirishni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kasallikning xavf omillarini va vazomotor rinitlarni vaqtida aniqlash kasallikni boshqa surunkali rinit kasalliklaridan farqlash hamda, burun bo‘shlig‘i funksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bemorlarda vazomotor rinitning tibbiy va ijtimoiy jihatlarini qiyosiy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 24 maydagi 8n-r/227-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda vazomotor rinitning tibbiy va ijtimoiy jihatlarini qiyosiy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirishning muqobil variantini tanlash imkonini bergan;
vazomotor rinit bilan kasallangan bemorlarda klinik-funksional tekshiruvlarning tashxisiy bahosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Buxoro viloyati Kogon shaxar tibbiyot birlashmasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi №8 n-d/302-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi VR kasalligida tashxislash sifatini yaxshilash, davolash jarayonida ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni sezilarli darajada kengaytirilishi kasallik asoratlarini 2,3 baravarga kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish