Norbutaev  Alisher  Berdikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir tanqisligi holatida rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘idagi patologik o‘zgarishlarni kompleks davolashni takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/tib1098.
Ilmiy raxbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02.
Rasmiy opponentlar: Shalaboeva Klara Zulqarnaevna tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milan Universiteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir tanqisligi holati negizida rivojlangan surunkali tarqalgan parodontit kasalligini kechishini o‘rganish va kompleks davolash chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir tanqislik holatlari (TTX) mavjud bemorlarda parodont to‘qimalari holati, kliniko-patogenetik omillar, hamda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi indeks ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan. 
temir tanqislik holatlari mavjud bemorlarda parodont to‘qimalarida mikrotserkulyasiya buzilishlari va uning negizida distrofik o‘zgarishlar kelib chiqishi asoslab berilgan. 
surunkali parodontit temir tanqisligi holati bilan birga kechganda CPITN, milk to‘qimalarining yallig‘lanishi hamda gigiena indekslari va gemoglobin orasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan; 
temir tanqislik holatlari mavjud bemorlar qonida gemoglobin ko‘tarilishiga mos ravishda parodont to‘qimasidagi ijobiy o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir tanqisligi holati mavjud bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining patologiyasini davolashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Olingan ilmiy natijalar asosida «Temir va uni inson organizmi faoliyati, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati zararlanishidagi o‘rni» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/366-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija joriy kilinishi organizmdagi temir moddasining axamiyati, temir tanqisligi xolati bilan kechadigan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olishni yaxshilash imkonini bergan;
«Surunkali parodontit temir tanqisligi holati bilan kechganda parodont salomatligi indeksiga ta’sir qiluvchi omillar va ularni davolash hamda profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/364-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma temir tanqisligi bilan surunkali parodontitni tashxislash, davolash va oldini olishni yaxshilashga qaratilgan. Amaliyotga tadbiq etilishi temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarda surunkali parodontit tashxis jarayonini erta aniqlash, klinikalarda bemorlarning tashrifini kamaytirish imkonini bergan;
o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yilda 27 noyabrdagi 8n-z/172-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi kasallik kechish ehtimolini aniqlash, bemorlarning poliklinikaga murojaatini kamaytirish va ularning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish