Yusupova Natal`ya Yur`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy obraz audiovizuallashuvi ijodiy muammo sifatida”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San27.
Ilmiy rahbar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaev Djura Teshabaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy obraz audiovizuallashuvining madaniy-tarixiy, nazariy va metodologik omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
audiovizual shakllarning yuzaga kelishi va rivojlanish jarayonlari tasvir va ovoz texnologiyalari, badiiy ijodning o‘zaro sintezidan iborat bo‘lgani sababli milliy kino va televidenie, internet sohalaridagi ijodiy va texnologik innovatsiyalar bilan uzviy aloqadorlikda kechgani dalillangan;
badiiy obraz yaratish jarayonida badiiy-ijodiy maqsadlarga erishish uchun audiovizual tilning tabiati, ichki tuzilishi va badiiy-obrazli vositalarini to‘laqonli aks etishiga xizmat qiluvchi “poetik til” va “hujjatli usul” tushunchalari aniqlangan va tasniflangan;
audiovizual rejissyorlik izlanishlari o‘zida jamiyatni yangi axborot bilan ta’minlovchi axborot-kommunikativ, muayyan qadriyatlar majmuini mujassam etuvchi normativ-g‘oyaviy va syujet dinamikasini shakllantiruvchi dramatik-ifodaviy vazifalarni “milliy mentalitet” kesimida namoyon etishi dalillangan;
milliy ekran asarlarining muhitini boyitish va g‘oyasini aniq ifodalash audiovizual ifoda vositalari - musiqiy leytmotiv, vizual ifodaviylik, badiiy montaj kabi o‘ziga xos texnologik va ijodiy xususiyatga ega unsurlarining uyg‘unligiga erishish bilan bog‘liqligi asoslangan;
ekran asarlarida majoziy-poetik, tarixiy-realistik, zamonaviy-romantik obrazlar tizimi mavjudligi va mazkur obrazlar emotsional holatining yorqinligiga audiovizual ifoda  vositalarini sintezlash orqali erishish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
audiovizual rejissyorlik izlanishlari o‘zida jamiyatni yangi axborot bilan ta’minlovchi axborot-kommunikativ, muayyan qadriyatlar majmuini mujassam etuvchi normativ-g‘oyaviy va syujet dinamikasini shakllantiruvchi dramatik-ifodaviy vazifalarni “milliy mentalitet” kesimida namoyon etishi dalillangan xulosalardan “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Bekatdagi odam” va “Hayrat” badiiy fil`mlari rejissyorlik ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (“O‘zbekkino” Milliy agentligining 2020 yil 7 yanvardagi 01-05/07-16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fil`mlarda yaratilgan to‘laqonli badiiy obrazlar, ishonchli muhit va emotsional taassurot tomoshabinlarning ma’naviy olami va estetik didining shakllanishiga xizmat qilgan;
milliy ekran asarlarining muhitini boyitish va g‘oyasini aniq ifodalash audiovizual ifoda vositalari - musiqiy leytmotiv, vizual ifodaviylik, badiiy montaj kabi o‘ziga xos texnologik va ijodiy xususiyatga ega  unsurlarining uyg‘unligiga erishish bilan bog‘liqligi asoslangan ilmiy xulosalardan “Berlin-Oqqo‘rg‘on” fil`mining rejissyorlik ssenariysini yaratishda va uni ovozlashtirish jarayonida qo‘llanilgan (“O‘zbekkino” Milliy agentligining  2020 yil 7 yanvardagi 01-05/07-16-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ekran asarida audiovizual obrazlar vositasida tarixiy voqelik o‘zining to‘laqonli ifodasini topib, yosh tomoshabinlar qalbida chuqur vatanparvarlik hislarining shakllanishiga xizmat qilgan;  
ekran asarlarida  majoziy-poetik, tarixiy-realistik, zamonaviy-romantik obrazlar tizimi mavjudligi va mazkur obrazlar emotsional  holatining yorqinligiga audiovizual ifoda  vositalarini sintezlash orqali erishish mumkinligi isbotlangan xulosalardan Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan “Oloviddin” spektakliga asos bo‘lgan media-makon  innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 16 yanvardagi T01-12-14-195-sonli ma’lumotnomasi). Natijada spektaklning ezgulik doimo yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi hamda inson doimo toza qalb bilan hayot kechirishi bilan bog‘liq ezgu g‘oyalari yosh tomoshabinlar qalbi va ongida yanada teranroq aks etib, spektaklning rivojlanib borayotgan zamon talablari asosida sahnalashtirilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish