Djamiev Bekzod Akramovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss64.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, prof.v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirish va uning mavqeini mustahkamlash uchun birinchi bosqichda parlament quyi palatasini shakllantirishda mojaritar saylov tizimidan aralash saylov tizimiga o‘tish samarali ekanligi ochib berilgan;
parlamentarizmning demokratik evolyusiyasida proporsional saylov tizimi imkoniyatlaridan foydalanish siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvi tizimiga legal va legitim ta’sirining oshib borishini ta’minlashi asoslangan;
O‘zbekistonda demokratik saylov tizimining bosqichma-bosqich takomillashuvi va siyosiy partiyalar mavqeining oshib borishi jamiyatda mafkuraviy plyuralizm rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishi ochib berilgan;
siyosiy partiyalar faoliyatidagi sog‘lom raqobatchilik fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishning muhim omili ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston ko‘ppartiyaviylik milliy modelining ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy, huquqiy takliflar asosida:
davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirish va uning mavqeini mustahkamlash uchun birinchi bosqichda parlament quyi palatasini shakllantirishda mojaritar saylov tizimidan aralash saylov tizimiga o‘tish samarali ekanligiga oid xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)ning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zLiDeP Markaziy Kengashining 2020 yil 18 sentyabrdagi 01-27/401-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar partiyaning mafkurasi boshqa siyosiy partiyalar dasturlari bilan birgalikda ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa shu kabi qoidalariga muvofiq ravishda milliy mafkuraning liberal asoslarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan;
parlamentarizmning demokratik evolyusiyasida proporsional saylov tizimi imkoniyatlaridan foydalanish siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvi tizimiga legal va legitim ta’sirining oshib borishini ta’minlashiga doir ilmiy xulosalar hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda siyosiy partiyalar vakolatlarini yanada kengaytirish amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan mezonlar tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020 yil 5 oktyabdagi 01-244-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa va takliflar partiyaning kelgusi parlament saylovlarida samarali ishtirok etishiga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlangan;
O‘zbekistonda demokratik saylov tizimining bosqichma-bosqich takomillashuvi va siyosiy partiyalar mavqeining oshib borishi jamiyatda mafkuraviy plyuralizm rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishiga doir hamda siyosiy partiyalar fraksiyalarini parlament nazorati sub’ekti sifatida e’tirof etish to‘g‘risida huquqiy normalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan nihoyatda samarali mexanizm ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2020 yil 24 sentyabrdagi 05/01-0107/01-206-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi faoliyati ilmiy jihatdan tizimga solishga katta hissa qo‘shgan;
siyosiy partiyalar faoliyatidagi sog‘lom raqobatchilik fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishning muhim omili ekanligi va O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirish hamda ko‘ppartiyaviylik milliy tizimidagi faoliyatida siyosiy faollikni oshirish uchun xalqaro tajribalardan samarali foydalanish lozimligiga doir xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)ning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda hamda partiya faoliyatini takomillashtirish uchun tayyorlangan o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zLiDeP Markaziy Kengashining 2020 yil 18 sentyabrdagi 01-27/401-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar partiyaning kelgusi parlament saylovlarida yanada yaxshirok ishtirok etishida yaxshi samara berishi e’tirof etilgan.