Turgunova Nasiba Tuychievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda yoshlar omiliga kompleks yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ss231.
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Il`yasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlar doktori, professor; Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respulikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlar siyosati samaradorligini oshirishni ilmiy-konseptual jihatdan asoslash, ushbu jarayonni kompleks yondashuv texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar tarbiyasining samaradorligi ushbu jarayonda ishtirok etayotgan sub’ektlar yagona strategiyasiga tayangan “maqsad-resurs-natija” o‘ziga xos integratsiyasi asosida yaqin, o‘rta, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarga kompleks yondashgan holdagi mas’uliyatli faoliyatlariga bog‘liqligi ochib berilgan;
jamiyat barqaror taraqqiyotini, aholi osoyishtaligini va farovonligini ta’minlash muayyan hududning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining ijobiy dinamikasi bilan bir qatorda, yoshlar tarbiyasi samaradorligining mutanosibligi mahsuli ekanligi ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlarining hamkorligi quyidan-yuqoriga, institusionallashgan, tizimli ijtimoiy sheriklik mexanizmi asosida kompleks tashkil etish zarurligi takomillashtirilgan;
yoshlar huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda huquqiy profilaktik chora-tadbirlarning tashkiliy-amaliy, ilmiy-uslubiy va doimiy monitoring tizimini joriy etish ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda yoshlar omili yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
yoshlar tarbiyasining samaradorligi ushbu jarayonda ishtirok etayotgan sub’ektlar yagona strategiyasiga tayangan “maqsad-resurs-natija” o‘ziga xos integratsiyasi asosida yaqin, o‘rta, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarga kompleks yondashgan holdagi mas’uliyatli faoliyatlariga bog‘liqligi oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 550-son “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 3 dekabrdagi 12/10-5110-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar yoshlar bilan ishlash tizimini soddalashtirish, mavjud yoki ehtimoliy muammolarni hal qilish hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlar ishtirokini yanada oshirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
jamiyat barqaror taraqqiyotini, aholi osoyishtaligini va farovonligini ta’minlash muayyan hududning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining ijobiy dinamikasi bilan bir qatorda, yoshlar tarbiyasi samaradorligining mutanosibligi mahsuli ekanligi yuzasidan bildirilgan takliflardan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan joylarda olib borilgan ishlar monitoringi” mavzusidagi tadqiqotlarni o‘tkazishda foydalanilgan (“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” markazining 2020 yil 26 iyundagi 01/173-son ma’lumotnomasi). Natijada mamalakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini tizimli monitoring qilish hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar dinamikasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlarining hamkorligi quyidan-yuqoriga, institusionallashgan, tizimli ijtimoiy sheriklik mexanizmi asosida kompleks tashkil etish zarurligi takomillashtirilgan yuzasidan amaliy taklif va xulosalaridan Yoshlar ishlari agentligining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasini “Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini hamda huquqiy savodxonligini oshirish” deb nomlangan II-bandi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 15 yanvardagi 2-11-23-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va xulosalar fuqarolik jamiyati institutlarining davlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va uning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni tasniflashga xizmat qilgan;
yoshlar huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda huquqiy profilaktik chora-tadbirlarning tashkiliy-amaliy, ilmiy-uslubiy va doimiy monitoring tizimini joriy etish borasidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida o‘qitiladigan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 2/400-son ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy xulosalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.