Ishbobaev Timur Bobakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqjetpes ma’danli maydoni geologik tuzilishining xususiyatlari, ma’danliligi va oltin ma’danlashuvining istiqbollari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/GM5.
Ilmiy rahbar: [Isaxodjaev Baxtiyor Abdukarimovich], geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Kasimova Shaxzodaxon Ramiziddinovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oqjetpes ma’danli maydonining geologik tuzilishi, ma’danliligi va oltin ma’danlashuvining istiqbolini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oqjetpes ma’danli maydonining yangilangan geologik xaritasi va modellari ishlab chiqilgan;
oltinli ma’dan tanalarining yangi tasnifi ishlab chiqilgan va ularni joylashishining yetakchi geologik-strukturaviy omillari aniqlangan; 
ma’danlarni mineralogik tarkibining o‘ziga xosligi, shu jumladan gipergenez zonasida ham aniqlangan; 
oltinning yuqori konsentratsiyasi to‘planishi uchun yangi istiqbolli pozisiyalarining shakllanish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oqjetpes ma`danli maydonining geologik tuzilishi, ma`danliligi va oltin ma`danlashuvining istiqbollari bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab turdagi ma’danlashuv tarkibi va oksidlanish zonasi rivojlanishining asoslari «Ko‘kpatas DGQE» geologiya-qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 7 dekabrdagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oqjetpes ma’danli maydoni oksidlanish zonasida oltin ma’danlashuvining tarqalish tasnifini aniqlash imkonini bergan;
oltin ma’danlashuvining joylashishini nazorat qiluvchi mineralogik, geokimyoviy va geologik-strukturaviy mezonlar «Ko‘kpatas DGQE» geologiya-qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 7 dekabrdagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oqjetpes ma’danli maydonining yopiq qismlarida ma’dan namoyonlarini bashorat qilish imkonini bergan;
moddiy mineralogik tarkibning zonalligi va o‘zgarish xususiyatlari hamda birlamchi va ikkilamchi (oksidlangan) ma’danning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari «Ko‘kpatas DGQE» amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 7 dekabrdagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oqjetpes ma’danli maydonida bashoratlash-izlash ishlari samaradorligini 20–25% oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish