Xalmatov Rustam Abduxatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chotqol-Qurama mintaqasida oltinning geokimyosi, ma’dan tarkibi va metallogeniyasi (O‘zbekiston))», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/GM47
Ilmiy maslahatchi: [Koneev Rustam Ismailovich], geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Mamarozikov Usmondon Davronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xalilov Akmal Abdujalilovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Toshkentgeologiya» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chotqol-Qurama mintaqasidagi konlarda oltin ma’danlashuvining vertikal va lateral zonalliklari hamda istiqbollarini aniqlash uchun oltin (Au) va unga yo‘ldosh elementlarning geokimyosi, uchrash shakllari va ma’danlar tarkibini o‘rganishdan iborat;
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chotqol-Qurama mintaqasi oltin-kumushli va oltin-tellurli konlarida asosiy va yo‘ldosh elementlarning fazoviy tarqalishidagi vertikal geokimyoviy zonallashuvi asoslangan;
mintaqadagi oltin-kumushli va oltin-tellurli konlarning vertikal zonalligida yetakchi ma’dan elementlari (Au, Ag) va mikro-nanomineral ansambllarining assotsiativ guruhlari uchrash shakllarining o‘zgarishlari aniqlangan;
ma’danlarning geokimyoviy va mikro-nanomineralogik tarkibini o‘rganish asosida oltin-kumushli va oltin-tellurli ma’danlashuvning hosil bo‘lish modeli asoslangan;
Chotqol-Qurama mintaqasida oltin ma’danlarini izlash, turlarini ajratish va istiqbollarini baholashda samara beradigan geokimyoviy va mikro-nanomineralogik mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chotqol-Qurama mintaqasidagi oltin-kumushli va oltin-tellurli konlarning geokimyosi, mikro- nanomineralogiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Au-Ag va Au-Te minerallashuvi ko‘rinishida namoyon bo‘lgan Chotqol-Qurama mintaqasidagi konlarning zonalliklari mezonlari «Regionalgeologiya» DUKning geologik qidiruv amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qizilolmasoy va Ko‘chbuloq konlarining chuqurlikda va yon qanotlarda istiqbollarini oshirish imkonini bergan;
yetakchi elementlarning xossalarini almashinishi va ularning uchrash shakllari o‘zaro bog‘liqliklarida ifodalangan mezonlar «Regionalgeologiya» DUKning tematik ishlarini bajarish amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin konlarining shakllanish konsepsiyasi, oltin konlarini qidirish va bashoratlash mezonlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
yashirin Au-Ag va Au-Te ma’danlashuvining mineralogik va geokimyoviy belgilari «Regionalgeologiya» DUK tomonidan olib boriladigan geologik qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chotqol-Qurama mintaqasida oltin ma’danlashuvini izlash, ma’danlashuv tiplarini ajratish va istiqbollarini baholashda samarali bo‘lgan geokimyoviy va mikro-nanomineralogik mezonlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
past klarkli bo‘lgan Au, Ag, Se, Te, Bi, Sb, Pt, Pd, Hg elementlarning tarqalishi va uchrash shakllarini o‘rganadigan geokimyoviy, mikro- va nanomineralogik usullar «Regionalgeologiya» DUKning qidiruv-baholash ishlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharqiy O‘zbekistonda istiqbolli maydonlarni baholash va epitermal konlar hududlarida qidiruv-razvedka qilish ishlarining samaradorligini oshirishga imkon bergan.