Alyab`ev Danila Valer`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglerod nanotrubkalari va fullerenlarning past (kichik) energiyali ion modifikatsiyalarini modellashtirish», 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM114.
Ilmiy rahbar: Djuraxalov Abdurauf Aslanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.65.01.
Rasmiy opponentlar: Kutliev Uchkun Otaboevich, fizika-matematika fanlari doktori; Usmanov Dilshadbek Tursunbaevich, fizika-matematika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erkin holatda va tagliklarda joylashgan uglerodli nanostrukturalar - uglerod nanotrubkalari va fullerenlardan vodorod va uglerod atomlari sochilish, sochilgan atomlar adsorbsiyasi va inkapsulyasiyasi jarayonlarini klassik molekulyar dinamika metodlari yordamida tadqiq qilishdan hamda olingan natijalarni zamonaviy eksperimental kattaliklar asosida tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor atomlar inkapsulyasiyasini beruvchi sochilgan neytral zarrachalar energiya (10-25eV) diapozoni  aniqlangan;
sochilgan atomlar zichliklarini nazorat qilish zarurligi ko‘rsatib berilgan, shunungdek oqim zichligining katta qiymatlarida strukturaning lokal qizishi aniqlangan va qisman struktura buzilishlari kuzatilgan;
ilk bor sochilgan atomlar inkapsulyasiyasiga ta’sir qiluvchi asosiy parametrlardan biri struktura bilan sochilgan atomlar orsasidagi bog‘lanish energiyalari ekanligi aniqlangan;
ilk bor yuqorida ko‘rsatilgan energiya diapozonida atomlarning sochilish jarayonlarining noelastik xarakteri aniqlangan;
ilk bor uglerod nanotrubkalarida (yon tomondan sochilishda) sochilgan atomlarning inkapsulyasiyasini nazorat qilish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uglerodli nanostrukturalardan atom zarralarining sochilishi bo‘yicha o‘tkazilgan hisoblash eksperimentlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
inkapsulyatsiyalangan atomlarni olishda sochilayotgan neytral zarrachalarning energiya (10-25 eV) diapazonini aniqlash, shunungdek sochilgan atomlarning fullerenlar bilan o‘zaro ta’sirining noelastik xususiyatini hisobga olish №F2-FA-F146 raqamli «Fullerenlar eritmalarida klasterlanish, o‘z-o‘zidan yig‘ilish va o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayonlari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 2/1255-1798-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish bir va ikki komponentli eritmalardagi fulleren S60 molekulasida uglerod atomlarining joylashishini baholash imkonini bergan;
sochilgan atomlarning bog‘lanish energiyasining strukturadagi inkapsulyatsiyaga ta’sirini baholash №OT-F2-53 raqamli «A3V5 va A2V6  plenkalarning yuzasi va yuza osti sohalarida hosil qilingan ikki qatlamli nanoo‘lchamli tizimlarning kvant o‘lchamli effektlari va elektron xossalari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 89-03-2986-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish AsGa va CdS plenkalari yuzasidagi hosil qilingan nanoo‘lchamli tizimlar strukturasini o‘rganish hamda plenkalar sirtida strukturalarning mukammalligiga bog‘lanish energiyasining ta’sirini aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish