Tog‘aev Jasur Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronza va ilk temir davri tarixiy rekonstruksiyasi masalalari (Janubiy O‘zbekiston misolida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar244.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Normurodov Dilmurod Raxmatullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy O‘zbekiston misolida bronza va ilk temir davri tarixiy rekonstruksiyasini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi Sharq ilg‘or madaniy an’analarining migratsiyalar ta’sirida Janubiy O‘zbekistonda keng yoyilganligi hamda uning Jarqo‘ton madaniyati, me’morchiligi, ibodatxona va saroy xo‘jaliklarida aks etganligi asoslangan;
Surxon vohasi qadimgi yodgorliklari geografiyasi, aholining hududiy joylashish chegaralari, migratsiyalar va iqtisodiy aloqalar tahlili asosida Buyuk ipak yo‘lidan ancha avval bronza davrida mintaqalararo tranzit aloqa yo‘llari shakllanganligi yangi tuzilgan xaritalar orqali isbotlangan;
bronza va ilk temir davri me’morchiligida paxsa, xom g‘ishtdan foydalanish kabi mahalliy an’analar, me’moriy inshootlarning tuzilishi singari tashqi madaniy ta’sir uyg‘unligida rivojlanganligi hamda mazkur me’moriy-binokorlik tarhi antik davri va o‘rta asrlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi aniqlangan;
Janubiy O‘zbekistondagi bronza va ilk temir davri Sopollitepa, Jarqo‘ton, Qizilcha 6 kabi me’moriy obidalarining modellari qayta tiklanishi, mazkur jarayonda uch o‘lchovli modellashtirish texnologiyasining qo‘llanilishi pirovardida tarixiy madaniy merosni saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish hamda virtual muzeylarni tashkil etishga keng imkon yaratishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston misolida bronza va ilk temir davri tarixiy rekonstruksiyasiga oid ilmiy xulosa va takliflardan:
bronza va ilk temir davrida tarixiy jarayonlarning o‘zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, madaniyatlar rivojlanishi darajasi va etnik tarixga ta’siri masalalari va ularning ilk yozma manbalarda aks etilishi holatlari, boshqaruv asoslari va jamiyat tuzilishiga hamda madaniy viloyatlar tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlarning yozma manbalarda ifodalanishi respublika oliy o‘quv yurtlarining tarix va arxivshunoslik bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Manbashunoslik” darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-015 raqamli guvohnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar talabalarning qadimgi davr tarixi bo‘yicha ilmiy ko‘nikma va bilimlarini oshirishga imkon yaratgan;
tarixiy rekonstruksiyaga doir ilmiy qarashlar va nazariy holatlar, Janubiy O‘zbekiston bronza va ilk temir davri rekonstruksiyasidagi natijalar va innovatsiya usullarining qo‘llanish darajasi, bu sohada etarlicha hal qilinmagan masalalar, Janubiy O‘zbekiston bronza va ilk temir davri me’moriy obidalarining 3DsMax dasturida qayta tiklangan modellari, 3D modellashtirish texnologiyasi yordamida tabiiy va antropogen landshaftning o‘zaro munosabatlari jihatlarini aniqlash, shuningdek, virtual muzeylarni yaratish dolzarbligi va zarurati kabi jihatlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 20 noyabrdagi 02-40-1151-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning qadimgi O‘zbekiston tarixiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
ilk davlatchilik tarixini qayta tiklash masalalari, davlatchilik rivojlanishida boshqaruv asoslari, mintaqada davlatchilik shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi olingan ilmiy natijalar respublika oliy o‘quv yurtlarining tarix fakul`tetlari talabalari uchun “O‘zbekiston tarixi” darsligining birinchi kitobi mazmunida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-280 raqamli guvohnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonda ilk davlatchilikning shakllanishi xususida yangicha qarashlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish