Dexkanov Narimon Burxonjonovichning 
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatni barqaror taraqqiyotini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqa texnologiyalari (PR)ning o‘rni”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Ss37
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Munavvarov Zoxidillo, siyosiy fanlar doktori, professor; Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat va jamiyat, hokimiyat va xalq muloqotini o‘zaro mushtarakligiga erishishi, jamiyatni barqaror taraqqiyotini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqa texnologiyalari (PR)ning o‘rnini ochib berish, davlat bilan xalq o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda jamiyat hayotini modernizatsiyalash va rivojlantirish strategiyasi taqozo etayotgan yangi kommunikativ innovatsiyalar – siyosiy menejment va jamoatchilik bilan aloqa texnologiyalari (PR) davlat va xalq o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat barqarorligini ta’minlash omili ekanligi ochib berilgan;
davlat va xalq o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini yanada mustahkamlash uchun fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida mediata’limning intellektual, innovatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish ijtimoiy zarurat ekanligi ochib berilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlar tajribasi asosida davlat boshqaruvi tizimi uchun “davlat xizmati”, “siyosiy menejment”, “siyosiy PR” va “siyosiy reklama” ixtisosligini ta’sis etish lozimligi ilmiy asoslangan;
ijtimoiy-siyosiy reklamaning siyosat sub’ektlari bilan fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘rnatishga, jamiyat a’zolarining siyosiy maydondagi axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi asoslangan; 
jamiyatni demokratlashtirish jarayonida partiyalararo raqobat muhitini shakllantirish uchun saylov tizimini takomillashtirish hamda “partiya va fuqaro”, “partiya va NNT”, “partiya va mahalla” tizimi asosida  siyosiy partiyalarning jamoatchilik bilan doimiy va maqsadli aloqasini yo‘lga qo‘yish lozimligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari sifatida ishlab chiqilgan jamiyatni barqaror taraqqiyotini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqa (PR) texnologiyalarining o‘rni mavzusidagi tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda jamiyat hayotini modernizatsiyalash va rivojlantirish strategiyasi taqozo etayotgan yangi kommunikativ innovatsiyalar – siyosiy menejment va jamoatchilik bilan aloqa texnologiyalari (PR) davlat va xalq o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat barqarorligini ta’minlash omili ekanligiga doir xulosalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yaratilgan mualliflar jamoasining “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1913 son ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy xulosalar darslikning mukammallashishiga katta xissa qo‘shgan;  
davlat va xalq o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini yanada mustahkamlash uchun fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida mediata’limning intellektual, innovatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish ijtimoiy zarurat ekanligiga oid xulosalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yaratilgan mualliflar guruhining “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1913 son ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy xulosalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlar tajribasi asosida davlat boshqaruvi tizimi uchun “davlat xizmati”, “siyosiy menejment”, “siyosiy PR” va “siyosiy reklama” ixtisosligini ta’sis etish lozimligiga doir tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yaratilgan mualliflar jamoasining “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1913 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning darslikka kiritilishi ularning ijtimoiy jihatdan ommalashishiga, nazariy ko‘nikmalar shakllanishiga  katta xissa qo‘shgan;   
ijtimoiy-siyosiy reklamaning siyosat sub’ektlari bilan fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘rnatishga, jamiyat a’zolarining siyosiy maydondagi axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi asoslab berilganligiga oid yangiligidan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan O‘RQ-474-son “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunini tayyorlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali parlament a’zolarining aholi bilan o‘zaro onlayn muloqotini yanada takomillashtirish, deputatlarni hududdagi ahvoldan xabardorligini oshirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflaridan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida “elektron parlament” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 15 avgustdagi 1899-III-son qo‘shma qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 27 noyabrdagi 02/3- 221-son ma’lumotnomasi). Mazkur fikr-mulohazalar mamlakatda davlat va xalq o‘rtasidagi aloqalarni samaradorligini yanada oshirishga hamda Oliy Majlis faoliyatining ushbu yo‘nalishdagi ishlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
jamiyatni demokratlashtirish jarayonida partiyalararo raqobat muhitini shakllantirish uchun saylov tizimini takomillashtirish hamda “partiya va fuqaro”, “partiya va NNT”, “partiya va mahalla” tizimi asosida  siyosiy partiyalarning jamoatchilik bilan doimiy va maqsadli aloqasini yo‘lga qo‘yish lozimligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi Saylovoldi dasturining “Davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiya” bandlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2019 yil 9 dekabrdagi 1-962-son dalolatnomasi). Natijada  ijtimoiy-iqtisodiy hayotning eng muhim jabhalari, aholining hayotiy ehtiyojlariga daxldor bo‘lgan va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha ijro hokimiyati tomonidan qaror qabul qilishda, parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan majburiy jamoatchilik maslahatlarini o‘tkazish mexanizmini joriy etish, davlat xizmatlari markazlari negizida “elektron hukumat” tizimi asosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qonun loyihalari va turli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni jamoatchilik muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida erkin qatnashish imkonini beradigan shoxobchalar tashkil etish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish