Abdurahmonova Ra’noxon Kosimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli tizimdagi tillarda deyktik birliklarning tekst hosil qilish funksiyalari», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil221
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xuriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qahhorova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: turli tizimdagi tillarda deyktik birliklarning matn hosil qilish funksiyasini sotsiolingvistik, pragmalingvistik, lingvokul`turologik nuqtai nazardan yoritishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimdagi tillarda deyktik xususiyatga ega bo‘lgan birliklar voqelanish shakli, xususiy, pragmatik, kontekstual funksiyalarining tilning barcha sath birliklari vositasida namoyon bo‘lishning fonetik, morfemik, leksik, sintaktik  imkoniyatlari ochib berilgan;
deyktik birliklarning matn hosil qilishda matn qismlari o‘rtasidagi ketma-ketlikni ta’minlash, ularni bir-biriga bog‘lash hamda mazmuniy yaxlitlikni, uzviylik va izchillikni ta’minlash singari ahamiyati nemis adabiyotining yirik namoyandalari – Y.V.Gyotening “Faust” va “Yosh Verterning iztiroblari”, H.Manning “Sodiq fuqaro”, F.Shillerning “Makr va muhabbat” va “Qaroqchilar” asarlari tahlili misolida ochib berilgan;
tarjima asarlarda deyktik birliklarning bog‘langan matn hosil qila olishi, ob’ektiv borliqda mavjud muhim aloqalarni aks ettirishi, kirish, ekspressiv, modal so‘zlar orqali ifodalangan deyktik birliklarning lingvistik imkoniyatlari pragmalingvistik nuqtai nazardan ochib berilgan;
tildagi fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sath birliklarining makonga, zamonga, shaxsga, uning ijtimoiy-ruhiy holatiga, diskursiv faoliyatga ishora qilish xususiyati turli tizimdagi tillar qiyosi misolida yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli tizimdagi tillarda deyktik birliklarning tekst hosil qilish funksiyalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
deyktik birliklarning matn hosil qilishda matn qismlari o‘rtasidagi ketma-ketlikni ta’minlash, ularni bir-biriga bog‘lash hamda mazmuniy yaxlitlikni, uzviylik va izchillikni ta’minlash singari ahamiyati nemis adabiyotining yirik namoyandalari – Y.V.Gyotening “Faust” va “Yosh Verterning iztiroblari”, H.Manning “Sodiq fuqaro”, F.Shillerning “Makr va muhabbat” va “Qaroqchilar” asarlari tahliliga oid xulosalardan №A-1-126 “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” mavzusidagi amaliy  loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabridagi 89-03-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning til kompetentligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi  tarjima jarayonida so‘zning muqobil variantini topish  ko‘nikmalarining shakllanishiga erishilgan;
turli tizimdagi tillarda deyktik xususiyatga ega bo‘lgan birliklar voqelanish shakli, xususiy, pragmatik, kontekstual funksiyalarining tilning barcha sath birliklari vositasida namoyon bo‘lish imkoniyatlari xususidagi xulosalardan A-1-39 “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish“ mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabridagi 89-03-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada deyktik funksiyalarni bajaruvchi so‘zlarning matnda ifodalangan voqelik kechayotgan vaziyat (situatsiya), voqeliklar o‘rtasidagi o‘xshashlik (analogiya), farqlilik (differensiatsiya), voqeliklarning kommunikantlarga ta’siri, so‘zlovchi va tinglovchining ruhiy holati kabi masalalarning ilmiy dalillanishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish