Suleymanov Renat Damirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Suyuq simob yuzasidan gamma nurlar qaytishining eksperimental kuzatilishi», 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM509.
Ilmiy rahbar: Muminov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Artemov Sergey Viktorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Polvonov Satimboy Rajapovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «Fizika-Quyosh» IIChB, Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gamma-nurlarning energiya va burchak taqsimotini o‘lchash asosida ularning suyuq simob yuzasidan qaytishini eksperimental aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta energiyasi 200–600 keV diapazonida bo‘lgan elektronlar tormozlanish nurlanishining suyuq simob yuzasidan 33 va 83 mkrad burchaklarda ko‘zguli qaytishi tajribada aniqlangan;
83 mkrad burchagida tushuvchi 200–600 keV energiya diapazonidagi elektronlar tormozlanish nurlanishining suyuq simob yuzasidan qaytish koeffisientlarining qiymatlari aniqlangan;
elektronlar tormozlanish nurlanishining simob sirti yuzasidan qaytish jarayonining kollimatorlar tizimi, detektorning turli parametrlari hamda yadroviy-fizik jarayonlarni hisobga olgan holda matematik modeli ishlab chiqilgan;
kollimatorlar materiallari, qalinligi, tirqishlarning o‘lchamlari hamda joylashtirish masofalarini optimallashtirgan holda elektronlar tormozlanish nurlanishi oqimlarini aperturasi 100 mkrad va undan kichik bo‘lgan burchaklarda shakllantirish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Suyuq simob yuzasidan gamma nurlar qaytishini tajribada kuzatishni o‘rganish asosida:
energiyasi 200–600 keV diapazonida bo‘lgan elektronlar tormozlanish nurlanishining suyuq simob yuzasidan 33 va 83 mkrad burchaklarda ko‘zguli qaytishi bo‘yicha olingan ma’lumotlardan №A-3-115-raqamli «Qattiq gamma nurlanish dastasini boshqarish tizimini ishlab chiqish» (2015-2017) amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4360-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qattiq o‘tuvchan elektromagnit nurlanishining past energiyali qismini ajratishning prinsipial yangi usulini yaratish imkonini bergan;
83 mkrad burchagida tushuvchi 200–600 keV energiya diapazonidagi elektronlar tormozlanish nurlanishining suyuq simob yuzasidan qaytish koeffisientlarining aniqlangan qiymatlaridan №A-3-115-raqamli «Qattiq gamma nurlanish dastasini boshqarish tizimini ishlab chiqish» (2015-2017) amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4360-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qattiq o‘tuvchan elektromagnit nurlanishining past energiyali qismini ajratish tajriba qurilmaning parametrlarni hisoblash imkonini bergan;
elektronlar tormozlanish nurlanishining suyuq simob yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvining ishlab chiqilgan matematik modelidan №A-3-115-raqamli «Qattiq gamma nurlanish dastasini boshqarish tizimini ishlab chiqish» (2015-2017) ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4360-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi elektromagnit nurlanishining past energiyali qismini ajratish tajriba qurilmaning modernizatsiyasini amalga oshirishga imkonini bergan;
aperturasi 100 mkrad va undan kichik bo‘lgan elektronlarning tormozlanish nurlanishi oqimlarini shakllantirish tizimini ishlab chiqish jarayonida olingan ma’lumotlardan №A-3-115-raqamli «Qattiq gamma nurlanish dastasini boshqarish tizimini ishlab chiqish» (2015-2017) ilmiy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4360-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi elektromagnit nurlanishining past energiyali qismini ajratish tajriba qurilmaning elektronlarning tormozlanish nurlanishi oqimlarini shakllantirish tizimini yaratishga imkon bergan.