Safarov Akmal Askarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Atrof muhit ob’ektlarining past aktivligini o‘rganish: gamma spektrometriyada yangi yondashuv», 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM508.
Ilmiy rahbar: Muminov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Lutpullaev Sagdulla Lutfullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Bekmirzaev Raxmatulla Nurmuradovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab radionuklidli tarkibga ega ob’ektlar tadqiqotlarida ssintillyasion gamma spektrometriyada kuzatiladigan energiya buyicha past ajrata olish qobiliyatini kompensatsiya qilish echimlarini topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past aktivlik va murakkab radionuklidli tarkibga ega namunalar gamma spektrometrik tahlillarida mavjud gamma fotocho‘qqilar interferensiyasi muammosini bartaraf etuvchi va Kompton taqsimotining fotocho‘qqilarga qo‘shgan ulushini to‘g‘ri hisobga oluvchi ssintillyasion gamma spektrlarni tarkibiy qismlarga ajratishga asoslangan yangi yondashuv taklif etilgan;
Nurota tabiiy muhit ob’ektlari tarkibidagi tabiiy, kosmogen 7Be va texnogen 137Cs radionuklidlarning solishtirma aktivligi miqdorlari ilk bor aniqlangan;
tuproqlarning o‘rta va qisqa muddatli eroziyasini miqdoriy baholashda jarayon borish tezligining 7Be va137Cs tushuvchi radionuklidlar konsentratsiyasi va tarqalishiga bog‘liqligi aniqlangan;
qurilish materiallarining radiatsion holatini tezkor baholashda 226Ra va uning emirilish mahsulotlari o‘rtasidagi muvozanat buzilishini hisobga olgan holda tahlil vaqtini o‘n karra qisqartiruvchi usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ssintillyasion gamma spektrlarni tarkibiy qismlarga ajratish va atrof-muhit ob’ektlarining radioaktivligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
past aktivlik va murakkab radionuklidli tarkibga ega ob’ektlar tadqiqotlarida mavjud gamma fotocho‘qqilar interferensiyasi muammosini bartaraf etuvchi va Kompton taqsimotining fotocho‘qqilarga qo‘shgan ulushini to‘g‘ri hisobga oluvchi ssintillyasion gamma spektrlarni tarkibiy qismlarga ajratishga asoslangan yangi yondashuvdan O‘zR FA Yadro fizikasi instituti va Qibray tumani SEOM o‘rtasidagi № RLT-046-2018, № RLT-092-2018, № RLT-142-2019, № RLT-167-2019 tijorat shartnomalari doirasida 137Cs, 226Ra, 232Th elementlar tarkibini aniqlashda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 2/1255-2237-son ma’lumotnomasi) hamda chet el olimlari ilmiy ishlarida foydalanilgan (xalqaro jurnallardagi havolalar: International Journal of the Physical Sciences Vol. 6(13) (2011) 3105–3110; Revista Mexicana de Ciencias Geológicas, v. 29, núm. 3, 2012, p. 659-675; International Journal of Mathematics and Physical Sciences Research ISSN 2348-5736 (Online) Vol. 3, Issue 1 (2015) 40-47; Revista Mexicana de F´ısica 58 (2012) 241–248). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi oziq-ovqat mahsulotlarining radiatsion xavfsizligi bo‘yicha tahlillarning samaradorligini oshirish va tabiiy radionuklidlarning solishtirma aktivligini hisoblash imkonini bergan;
Nurota atrof-muhit ob’ektlari tarkibidagi tabiiy, kosmogen va texnogen radionuklidlarning aniqlangan miqdorlari bo‘yicha ma’lumotlardan O‘zR FA Yadro fizikasi institutiva “UZLITI ENGINEERING” qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi № RLT-002-2019 tijorat shartnomasi doirasida 226Ra, 232Th, 40K, 137Cs, 7Be elementlar tarkibini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 2/1255-2237- son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan hududdagi radioekologik izlanishlarning dasturini tuzish imkonini bergan;
tuproqlarning o‘rta va qisqa muddatli eroziya va cho‘kma jarayonlari intensivligining tushuvchi radionuklidlar konsentratsiyasiga bog‘liqligini o‘rganishda olingan ma’lumotlardan O‘zR FA Yadro fizikasi institutiva “Uzbekistan GTL”qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi № UzGTL-CON-0065 tijorat shartnomasi doirasida 137Cs, 7Be elementlar tarkibini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 2/1255-2237-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Uzbekistan GTL” qo‘shma korxonasi ob’ektlarining qurilishi rejalashtirilgan hududida tushuvchi radionuklidlarning tuproqdagi chuqurlik bo‘yicha taqsimotini aniqlash imkonini bergan;
tahlil vaqtini o‘n karra qisqartiruvchi qurilish materiallarining radiatsion xavfsizligini tezkor baholash usulidan respublika sertifikatlash organlari va korxonalarning buyurtmalariga ko‘ra O‘zR FA Yadro fizikasi institutiva Qibray tumani SEOM o‘rtasidagi № RLT-098-2018, № RLT-119-2019 tijorat shartnomalari doirasida 226Ra, 232Th, 40K elementlar tarkibini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 2/1255-2237-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qurilish materiallarining radiatsion xavfsizligi bo‘yicha tahlillarning samaradorligini oshirish va mahsulotlarni sertifikatlashda ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.