Urunbaev Jasur Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikki komponentli muhitlardagi kross-diffuziya jarayonlarini sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/FM452.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.02.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nochiziqli chegaraviy shartlar bilan berilgan kross-diffuziya masalasini analitik va sonli echish usullari, sonli echish algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kross-diffuziyaning nochiziqli matematik modeli uchun global echimning mavjudlik sharti topilgan;
nochiziqli chegaraviy shartlar bilan berilgan kross-diffuziya modeli uchun Fudjita tipidagi kritik eksponenta qiymati topilgan;
kross-diffuziya sistemasi uchun qo‘yilgan chegaraviy masala uchun avtomodel echimlar asimptotikasining bosh hadlari topilgan;
nochiziqli chegarviy shartlar bilan berilgan kross-diffuziya masalalarini sonli echish algoritmlari va ayirmali sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nochiziqli kross-diffuziya masalalarini sonli va analitik echish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nochiziqli chegaraviy shartlar bilan berilgan kross-diffuziya masalalarini sonli echish algoritmlari va global echimning mavjudlik shartlaridan №R.J130000.7854.5F235 “Argumentlari bo‘lakli o‘zgarmas bo‘lgan ikkinchi tartibli kechikuvchi differensial tenglamalar uchun yangi davriy echimlar” grant loyihasida qisman-o‘zgarmas argumentli hususiy hosilali differensial tenglamalarni sonli echishda foydalanilgan (Malayziya texnologiya universitetining 2020 yil 19 yanvardagi UTM-J-5401/12-16/1/5JlD-2(84)-son ma’lumotnomasi). Natijada, qisman-o‘zgarmas argumentli ikkinchi tartibli hususiy hosilali differensial tenglamalarning echimlari mavjudlik va yagonalik shartlarini aniqlash imkonini bergan;
kross-diffuziya sistemalarini sonli echish algoritmlari va dasturidan «Zarafshon» magistral tizimlari Boshqarmasida suv omborlari va kanallarida fil`trlanish natijasidagi suv sarfining o‘sishini bashorat qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 33-8/8343-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhit parametrlarining turli qiymatlarida fil`trlanish tezligini aniqlash imkonini bergan.