Narbaev Azamat Baxramovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Astronomiyani innovatsion yondashuv asosida o‘qitishda mediata’lim vosita sifatida», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1115.
Ilmiy rahbar: Mamadazimov Mamadmusa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup Ganievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zR FA Astronomiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya o‘qitishda mediata’limdan foydalangan holda, o‘quvchilarning astronomik mazmundagi bilimi, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning metodik asoslarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mediata’limning astronomiya faniga integratsiyalashgan faoliyatli tuzilmasi o‘quvchilarda astronomik mazmundagi amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik komponentlarni (maqsadli, mazmunli-tashkiliy, texnologik-jarayonli, nazorat-baholovchi) aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fani o‘quv mashg‘ulotlari mazmuni mediamanbalarning o‘zaro integrativ xususiyatlariga (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, maqsadli, umumdidaktik, funusional, mazmunli) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning astronomik mazmundagi axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar astronomiya faniga oid mediaxabarlarning funksional tarkibini (axborot-kommunikatsion, ilmiy, tarbiyaviy, kognitiv, korreksion, ijtimoiy, psixologik, madaniy, estetik) aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning astronomik tasavvurlarini va mediakompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot mediamateriallar (audiovizual dasturiy-pedagogik vositalar, modellar, 3D grafika va boshqalar)ning astronomiya darslaridagi didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Astronomiyani innovatsion yondashuv asosida o‘qitishda mediata’limdan vosita sifatida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fani o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini mediamanbalarning o‘zaro integrativ xususiyatlariga (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, maqsadli, umumdidaktik, funusional, mazmunli) ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika Ta’lim markazining 2020 yil 8 iyuldagi 01/11-03/6-682-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur Davlat ta’lim standarti o‘quvchilarning tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalari tarkibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mediata’limning astronomiya faniga integratsiyalashgan faoliyatli tuzilmasini o‘quvchilarda astronomik mazmundagi amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik komponentlarni (maqsadli, mazmunli-tashkiliy, texnologik-jarayonli, nazorat-baholovchi) aniqlashtirish asosida ishlab chiqishga oid ma’lumotlardan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP-son «Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER–Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini (2016-2019) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 
27 oktyabrdagi 89-03-4234-son ma’lumotnomasi). Natijada, mediata’lim asosida ishlab chiqilgan innovatsion yondashuv metodi o‘quvchilarning astronomiya fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, astronomiya fanining mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘quvchilarning astronomik mazmundagi axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar astronomiya faniga oid mediaxabarlarning funksional tarkibini (axborot-kommunikatsion, ilmiy, tarbiyaviy, kognitiv, korreksion, ijtimoiy, psixologik, madaniy, estetik) aniqlashtirish asosida ishlab chiqishga oid ma’lumotlardan foydalanib 21.06.2020 yil «O‘zbekiston 24» kanali «Quyosh tutilishi hodisasiga bag‘ishlangan» telemuloqot ko‘rsatuvida dissertatsiya materiallari ommalashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4234-son ma’lumotnomasi). Natijada, astronomiya fanini mediata’lim asosida o‘qitishda o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirishning zaruriy ko‘nikmalar tizimini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish