Nizamov Ulug‘bek Irgashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarda magistral tomirlarni qarish xavf omillarini baholash asosida tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish»; 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib550.
Ilmiy rahbar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda magistral tomirlar devorining qattiqligini, markaziy gemodinamika ko‘rasatkichlarini va 3-metalloproteinazalar geni polimorfizmini baholash asosida koronar aterosklerozni erta tashxislash, xavf stratifikatsiyasini va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida arterial tomir devorining kattiqligini oshganligi TAlarning aterosklerotik shikastlanishning og‘irligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida TAlarning gemodinamik jihatdan jiddiy aterosklerotik shikastlanish mezoni arterial tomir devorining qattiqligi ko‘rsatkichlariga (PTTT, AIx) qarab aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida YuIK bo‘lgan bemorlarda qon tomir qattiqligining aniqlangan ko‘rsatkichlari (PTTT, AIx) medikamentoz terapiya samaradorligini va remodellangan arteriyalarning tiklanishini baholash uchun ishlatilishi mumkinligi isbotlangan;
ilk bor YuIK bo‘lgan bemorlarda tomirlarning qattiqligi va markaziy GD parametrlarini hisobga olgan holda jamlama YuQTXni baholash mezonlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarda magistral tomirlarni qarish xavf omillarini baholash asosida tashxislash, davolash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda aterosklerozning tarqalishini noinvaziv baholashda tomirlarning qattiqligi parametrlarining ahamiyati» mavzusidagi metodik tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 8n-z/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada keltirilgan ma’lumotlarni amaliyotda anamnez, klinik ma’lumotlar, lipid spektri taxlillari kabi oson hamda qimmat bo‘lmagan klinik usullarni qo‘llab amalga oshirish yurak ishemik kasalligi tashxislashga imkon bergan.
Yurak ishemik kasalligi bemorlarida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati kardiologiya dispanseri va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 8n-z/153-son ma’lumotnomasi). Natijada, YuIK tashxis qo‘yish jarayonining tezlashishiga, qon tomirlarining qattiqligi va markaziy gemodinamika parametrlarini baholash orqali har bir bemor uchun YuQTXni aniqlash uchun muqobil xavf-stratifikasiyasi sxemasini ishlab chiqishga yordam bergan.