Tog‘aev Ulug‘bek Rahmoqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Termitlarning (Anacanthotermes turkestanicus) kimyoviy kommunikatsiyasiga ta’sir etuvchi bioregulyatorlarni struktur-funksional bog‘liqligini o‘rganish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V500.
Ilmiy rahbar: Tilyabaev Zaitjon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.V.91.03.
Rasmiy opponentlar: Seomashka Natal`ya Evgen`evna, biologiya fanlar doktori; Pozilov Abduvaeit, biologiya fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: attraktantlik xususiyatlari xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy va sun’iy sintetik birikmalar asosida Anacanthotermes turkestanicus termitining kimyoviy kommunikatsiyasiga samarali ta’sir etuvchi termitsitlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor naftalinning α -naftilamin, β -oksi-1-naftaldegid, α-naftol, β–naftol modifikatsiyaviy tuzilmasiga ega bo‘lgan hosilalari, etilenglikol va dietilenglikolning monoefirlari hamda anabazin va gossipolning termitlarga nisbatan attraktiv xossalari aniqlangan;
naftalin hosilalari tarkibida fagostimulyator sifatini belgilovchi determinantlarning mavjudligi aniqlangan;
etilenglikol va dietilenglikol monoefirlarining termitlarga nisbatan fagostimulyatorlik xossalari isbotlangan;
ilk bor ishchi termitlarning qorin segmenti ekstraktining faol fraksiyalarida iz feromoniga xos reaksiyalar aniqlangan; 
naftol hosilalari hamda etilenglikol va dietilenglikolning monoefirlari asosida xo‘rakli tuzoqlar yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Termitlarning (Anacanthotermes turkestanicus) kimyoviy kommunikatsiyasiga ta’sir etuvchi bioregulyatorlarni struktur-funksional bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yaratilgan tutqich bioregulyatorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida termitlarga qarshi ekologik jihatdan xavfsiz, arzon, iqtisodiy samarador em-xo‘rak tuzoqlari sifatida termitlar zarar keltirayotgan tumanlardagi xonadonlarda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/-2107-son ma’lumotnomasi). Natijada, termitlarga qarshi chetdan import qilinayotgan "Regent 200” insektisidiga nisbatan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
yaratilgan tutqich bioregulyatorlar termitlarga qarshi em-xo‘rak tuzoqlari sifatida Qoraqalpog‘istonning Keigeli, Bugatov, To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a tumanlarida hamda Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Yangi Yo‘l, Mingkamish, Galcha, Xo‘ja, Choshtepa va Shirinobod qishloqlari fuqarolari xonadonlarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini inspeksiyasining 2020 yil 11 dekabrdagi 01/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilgan hududlarda termitlarni sezilarli darajada kamaytirish asosida xonadonlarni zararlanishdan saqlab qolish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish