Ravshanova Sevara Ergashevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Analfenon» tabletka va kapsulasi texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Far46.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metamizol natriy, drotaverin gidroxlorid va difengidramin gidroxlorid kombinatsiyasi asosida tabletka va kapsula dori turlari tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor anal`getik-antipiretik ta’sir ko‘rsatuvchi metamizol natriy, drotaverin gidroxlorid va dimedrol dastlabki xomashyolari asosida kombinirlangan «Analfenon» tabletka va kapsula tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya qilinayotgan og‘riq qoldiruvchi tabletka va kapsula dori shakllarining sifat me’yorlari belgilangan va standartlash usullari aniqlangan; 
«Analfenon» tabletka va kapsulalarining biosamaradorligi biofarmatsevtik nuqtai nazardan in vitro va in vivo tajribalarida  isbotlangan;
«Analfenon» tabletka va kapsula dori shakllari ko‘rinishidagi preparatlarning og‘riq qoldiruvchi ta’siri va bezararligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
«Analfenon» tabletka va kapsulasi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Analfenon» tabletkasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (KFM 42 Uz-15745533-4233-2020) va  ro‘yxatdan o‘tkazilganlik  guvohnomasi olingan (DV/M 03477/09/20). Natijada, mahalliy farmatsevtik korxonasi  «SAMO» MChJ tomonidan yangi kombinirlangan anal`getik-antipiretik ta’sirli preparatni ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan;
«Analfenon» tabletkalari uchun tajriba sanoat reglamenti «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 2072226-08-20). Natijada, yangi kombinatsiyadagi og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega dori vositasini ishlab chiqarish uchun me’yoriy hujjatlar tayyorlangan; 
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Analfenon» tabletkalarining spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil  15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, qo‘llanilgan ta’sir etuvchi moddalar kombinatsiyasi ishonarli  og‘riq qoldiruvchi terapevtik ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha yangi dori vositasini  ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish