Manoev Said Baxronovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston jamoat binolari me’morchiligida ansambl` va komplekslarning shakllanishi», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/A1.

Ilmiy rahbar: Ahmedov Muhammad Qosimovich, arxitektura doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSs.27.06.2017.A.11.02.

Rasmiy opponentlar: Hidoyatov Timur Abrarovich, arxitektura doktori, professor; Umarov Aziz Mirfozilovich, arxitektura nomzodi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Yetakchi tashkilot:«O‘zshaharsozlik LITI» DUK.

Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston shaharsozligini yanada rivojlantirishga qaratilgan me’moriy ansambl` va komplekslarni shakllantirish mezonlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston o‘rta asrlar an’anaviy me’morchiligining shaharlar estetikasida ansambl` va komplekslarning anfiladali, tarmoqlangan anfilada hamda kompakt sterjen tamoyili asosida shakllanganligi asoslab berilgan;

o‘rta asrlar an’anaviy shaharsozligiga xos bo‘lgan shahar bosh markazi, ikkilamchi markaz, mahalla markazlaridagi me’moriy ansambllarning o‘zaro bog‘lanishi aniqlangan;

shahar panoramasini shakllantirishda ommaviy turar joylarni vertikal aksentlar bilan chambarchas bog‘lash mezonlari ishlab chiqilgan;  

zamonaviy me’morchilikda an’anaviy ansamblsozlik usullarini modernizatsiyalash, maydon va ansambl` tuzishning eksperimental loyihalari ishlab chiqilgan;

mustaqillik davri me’morchiligida o‘ziga xos ansambl` va kompleks tuzish usullari vujudga kelganligi aniqlangan va ularni keng qo‘llash mexanizmi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

 O‘zbekiston jamoat binolari me’morchiligida ansambl` va komplekslarning shakllanishi tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mustaqillik davri me’moriy ansambl` va komplekslarining xususiyatlarini yoritishda F.1-86 «O‘zbekiston arxitekturasining mustaqillik mafkurasi asosida shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish va samarali rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish» (2011–2016 yy.) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining «Me’moriy majmualar» qismini tayyorlashda qo‘llanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 19 yanvardagi FTK 0313/65-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi mustaqillik davrida ansambl` va komplekslar shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan;

eksperimental loyihalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yangi me’moriy majmua hamda Bo‘stonsaroy va Amir Temur ko‘chalarining kesishmasida joylashgan turarjoy kompleksi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qurilgan ofis va maishiy xizmat ko‘rsatish binolaridan iborat ansambl` va komplekslarni shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand shahar arxitektura va qurilish boshqarmasining 2016 yil 7 noyabrdagi dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek va Bo‘stonsaroy ko‘chalarining badiiy-estetik xususiyatlarini bir necha karra oshirishga hissa qo‘shgan;

shahar tashqarisidagi majmualarni qayta tiklash bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bajarilgan «Tarixiy shaharlar tashqarisida joylashgan me’moriy ansambllar va majmualar hududlarini zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida shakllantirish» nomli magistrlik ishida qo‘llanilgan (Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 2017 yil 23 yanvardagi dalolatnomasi). Mazkur tavsiyalar Buxoro viloyatida joylashgan shahardan tashqaridagi ansambllarni qayta tiklash va ulardan zamonaviy maqsadlarda foydalanish tamoyillarini amaliy loyihalarda qo‘llash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish