Rustamova Umida Muxtarovnaning
fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ayollarida postmenopauzal davrda tizza bo‘g‘imi osteoartrozi va osteoporoz: o‘zaro bog‘liqlik, diagnostika, davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya va 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib94.
Ilmiy maslahatchi: Azizov Mirxakim Javxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi xuzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc 04/30.12.2019.Tib.62.01. ilmiy kengashi asosdagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Minasov Timur Bulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori; Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  posmenopauzal davrdagi o‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda klinik-instrumental tekshiruvlar yordamida osteoporoz va tizza bo‘g‘imi osteoartrozini erta bosqichlarda diagnostika qilish,  struktural-funksional bog‘liqligini aniqlash orqali kompleks davolash usulini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tizza bo‘g‘imi yorig‘i proeksion maydonini rentgenplanimetrik o‘lchash orqali osteoartrozning erta bosqichlarini tashxislash usuli ishlab chiqilgan, bunda «Z» ko‘rsatkichi TB OAning boshlang‘ich bosqichi diagnostikasida asosiy patologik mezon ekanligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartrozining kechki (III,IV) bosqichlarida bo‘g‘im suyaklari zichligining o‘rtacha qiymati 148,98 HU birligidan oshmasligi,  rezorbsiya zonalari Xaunsfild shkalasining manfiy spektrida bo‘lishi, bunda subxondral qavatlarning vizualizatsion zich ko‘rinishi, binobarin 260-430  HU birligidan oshmasligi isbotlangan;  
tizza bo‘g‘imi osteoartrozining kechki (III,IV) bosqichlarida rentgenogrammada katta boldir suyagi epifizi balandligining pasayishi, epifiz  vizualizatsion qalinligi siyraklashgan suyak trabekulalari bir-biriga yaqinlashishi xisobiga shakllanishi,  DXAning BMD va BMC ma’lumotlari R4; R5 regionlarida  lokal pasayishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartrozi va osteoporozi bo‘lgan semiz va ortiqcha vaznli ayollarda, degenerativ jarayonning kechki bosqichlarida, MRT kesimlarida sonning distal ichki qismi yog‘ qatlamlarining qalinligi va muskullarning gipotrofiyasi, EMG interferension patternlar vizualizatsiyasining zaifligi, sarkopenik indeksning pasayishi aniqlanishi orqali sarkopeniyaning komorbidligi isbotlangan;
osteoartroz bo‘lgan va bo‘lmagan postmenopauzal davridagi o‘zbek populyasiyasiga xos ayollarda suyak mineral zichligining birinchi marta ishonchli farqlari va yosh bo‘yicha dinamikasi, suyak to‘qimasining yosh o‘sgan sari kamayishining boshlanish muddatlari va intensivligi aniqlangan; 
postmenopauzal davrdagi birlamchi osteoartrozi bo‘lgan katta yoshli ayollarda osteoporoz va osteopeniyaning umumiy chastotasi ko‘proq aniqlanishi, umumiy xolatda osteopeniya osteoporozga nisbatan ko‘proq uchrashi, bunda T-scorening o‘rtacha qiymati -2,0SDni tashkil etishi, lekin suyak mineral zichligining pasayishining boshlanishi DXA bo‘yicha spine qismiga xos ekanligi isbotlangan;
birlamchi osteoartroz va osteoporoz bo‘lgan postmenopauzal davridagi katta yoshli o‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda suyak metabolizmi baholangan va vitamin D etishmovchiligi, suyak emirilishi darajasining o‘rtacha darajada kuchayishi aniqlangan;
TB OA bo‘lgan ayollarda OPni kombinatsiyalangan usulda davolash orqali SMZ sifatiga va OA darajasining kechishiga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Osteoporoz va tizza bo‘g‘imi osteoartrozida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish, diagnostika va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ishlab chiqilgan  «Tizza bo‘g‘imi degenerativ-distrofik kasalliklarini diagnostika qilish usuli» uchun Intellektual mulk agentligining  ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05341, 21.02.2017). Olingan natijalar postmeno-pauzal davridagi ayollar tizza bo‘g‘imlari osteoartrozi bosqichlarini batafsil aniqlash, diagnostikani soddalashtirish, tekshiruv vaqtini 3 barobar kamaytirish imkonini bergan; 
«Tizza bo‘g‘imida rentgenologik, ul`tratovushli va densitometrik kompleks tekshiruvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yilning 22 dekabri 8n-d/260-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar osteoporoz va osteoartroz tashxisini yaxshilashga, rentgenologik va ul`tratovushli mezonlarni taqqoslashga imkon bergan; 
«Menopauzal davrdagi ayollarda osteoporoz va tizza bo‘g‘imi osteoartrozini diagnostika qilish va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yilning 22 dekabri 8n-d/260-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ishonchli ravishda diagnostika qilish, osteoporoz va osteoartroz o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish, patogenetik davolashni optimallashtirish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan.
Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Buxoro va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yilning 22 dekabri 8n-d/260-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar postmenopauzal davridagi osteoporoz va tizza bo‘g‘imi osteoartrozi bo‘lgan ayollarda ratsional diagnostika taktikasini aniqlash, diagnostika sifatini oshirish va suyaklar mineral zichligi o‘sishini 1,2SDga ko‘payishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish