Egamberdiev Eduard Xajibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida nikohdan ajratishning huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu195.
Ilmiy rahbar: Nurillo Fayzullaevich Imomov, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.  
Rasmiy opponentlar: Raxmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Paluaniyazov Xalmuxammed Aitjanovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida nikohdan ajratishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanishi hamda bunda emansipatsiya orqali erta nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi asoslab berilgan;
qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi zarurligi asoslab berilgan;
nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasining ko‘rmasdan qoldirilishi, bunga asos bo‘lib hizmat qilgan holatlar barham topgan bo‘lsa, takroriy ravishda sudga nikohdan ajratish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilinmasligi asoslab berilgan;
nikohdan ajratish ishlarini sudda ko‘rish jarayonida yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bo‘lishi samarasiz hisoblanishi hamda er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nikohdan ajratishga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi:
nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanishi hamda bunda emansipatsiya orqali erta nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi taklif Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismiga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2019 yil 28 avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2020 yil 16 dekabrdagi 04/3-05-59-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi voyaga etmagan bolalar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, erta nikoh tufayli ajralishlar sonini kamaytirish imkonini bergan;
qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi haqidagi taklif Oila kodeksining 68-moddasiga “Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 10 martdagi O‘RQ-608-sonli Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2020 yil 16 dekabrdagi 04/3-05-59-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ota-ona nikohdan ajratish va sud tomonidan ota-onalardan biri bilan bolani keyingi yashash masalasini ko‘rib chiqish vaqtida voyaga etmagan bolalar huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasining ko‘rmasdan qoldirilishi, bunga asos bo‘lib hizmat qilgan holatlar barham topgan bo‘lsa, takroriy ravishda sudga nikohdan ajratish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilinmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi 2011 yil 20 iyuldagi 06-sonli qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 noyabrdagi 34-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 16 dekabrdagi 11/62-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasi amal qilish doirasini aniqlashga xizmat qilgan;
nikohdan ajratish ishlarini sudda ko‘rish jarayonida yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bo‘lishi samarasiz hisoblanishi hamda er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi 2011 yil 20 iyuldagi 06-sonli qarorining 15-bandi birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 noyabrdagi 34-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 16 dekabrdagi 11/62-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi er-xotinga tayinlanadigan yarashish muhlatining chegaralarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish