Baxranov Lazizjon Erkinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy tanqidchilikning ilmiy-ratsional jihatlari va uning tasviriy san’atdagi in’ikosi», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi, (estetika).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal2.

Ilmiy rahbar:Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Rasmiy opponentlar:Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy tanqidchilik va tasviriy san’atga oid zamonaviy diskurs doirasida shakllangan konseptual nazariyalarni falsafiy-estetik jihatdan umumlashtirish asosida sohani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

singarmonistika (jamiyat va ijodkor maqsadlarining uyg‘unligi) bilan tasviriy san’at polistilistikasi o‘rtasidagi aloqadorlik va hamkorlikning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri ochib berilgan;

tasviriy san’at asarini baholashning triada – borliq–musavvir–resipient uchlik tizimiga jamiyat kiritilib, borliq – musavvir–resipient–jamiyat – tetra to‘rtlik tizimi ishlab chiqilgan;

milliy matbuot va badiiy tanqidchilik hamkorligini mustahkamlash tamoyillari (ob’ektivlik, tanqid etikasi), badiiy tanqidchilikning polistilistik asoslari va funksional xususiyatlari ishlab chiqilgan;

har bir resipient, butun sotsium, jamiyat badiiy tanqidchi rolini bajarishi mumkinligi, bu borada ijtimoiy fikr katta ahamiyatga egaligi, badiiy tanqidchilikning bahosi, tahlili ijtimoiy fikr bilan boyitilishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

singarmonistika (jamiyat va ijodkor maqsadlarining uyg‘unligi) bilan tasviriy san’at polistilistikasi o‘rtasidagi aloqadorlik va hamkorlikning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri xususidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan «Eng ulug‘, eng aziz» (17.08.2016), shuningdek, «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim» (18.08.2016) mavzularidagi ko‘rgazmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2017 yil 31 maydagi 01–16/308–859-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi badiiy ijod jarayonlarini jamiyat estetik taraqqiyoti manfaatlariga yo‘naltirish, ijodkorlar bilan jamiyat o‘rtasidagi singarmonik aloqalarning kreativ xususiyat kasb etishi, ko‘rgazmalar falsafiy-estetik mazmunining boyishi hamda tomoshabinlarning ijodkor shaxsi, ijodiy jarayon va tasviriy san’at asarlariga bo‘lgan estetik qiziqishini oshirish imkonini bergan;

tasviriy san’at asarini baholashning borliq–musavvir–resipient–jamiyat–tetra to‘rtlik tizimi borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Mo‘yqalam mo‘’jizalari» hamda «Bugun» ko‘rsatuvlari ssenariylarida 2015–2016 yillarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2016 yil 5 iyuldagi 01–17–388-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ko‘rsatuvlarning ob’ektiv, xolis yondashuv asosida tayyorlanishi, estetik ta’sirchanligi, badiiy-emotsionalligi, tarbiyaviy jihatini oshirishga imkon bergan;

har bir resipient, butun sotsium, jamiyat badiiy tanqidchi rolini bajarishi mumkinligi, bu borada ijtimoiy fikr muhim ahamiyatga egaligi, badiiy tanqidchilikning bahosi, tahlili ijtimoiy fikr bilan boyitilishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2016 yilda o‘tkazilgan «O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, ma’naviyat, kelajak rejalari» mavzusidagi kompleks sotsiologik tadqiqot savolnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2017 yil 27 apreldagi 01–16/133-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi sotsilogik so‘rovlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini boyitish, ob’ektivligi va haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan;

milliy matbuot va badiiy tanqidchilik hamkorligini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi; badiiy tanqidchilikka jurnal faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida qarash zarurligi; nashr mualliflari safiga katta mahorat va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish maqsadga muvofiqligi xususidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi «Teatr» jurnali faoliyatida 2015–2016 yillarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016 yil 1 avgustdagi 01–11–14–4016-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi jurnal nufuzini oshirish hamda o‘quvchilar auditoriyasini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish