Azizov Shuxrat Mamatovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikki arrali silindrli resurstejamkor djinni tadqiq va joriy qilish orqali tola sifatini saqlash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T14.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: resurstejamkorlik, samaradorlikni oshirish va tola sifatini saqlash maqsadida ikki arrali silindrli jinni takomillashtirish, statik va dinamik hisoblash metodlarini yaratish, ratsional parametrlarini asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jinlarda tolani arra tishlaridan cho‘tkali baraban va havo yordamida echib olishni modellashtirishning yangi uslubi ishlab chiqilgan;
tola sifatini baxolashning statistik metodi va har xil turdagi jinlarda uzun tolalar chiqishini o‘rtacha ko‘rsatkichini oshirishning va ishchi organlar omillari tahlili orqali optimallashtirishni aniqlash metodi ishlab chiqilgan;
arrani geometrik xarakteristikasi va arralar orasidagi masofani hisobga olgan holda optimal yuklanish miqdori hamda arrani resurstejamkorligini oshirish metodologiyasining hisob usuli ishlab chiqilgan;
arrali silindrlarni eyilishnini, yaroqsiz xolga kelishini bartaraf etish maqsadida, arrali silindrning vaqt oralig‘ida ko‘ndalang kesimi va uzunligi buyicha egilishini tebranish qonuniyati olingan; analitik taxlillar orqali yangi arrali jinlar ishchi qismlarini resurstejamkorlik, energiyatejamkorlik va tola sifatini saqlagan xolda samaradorlikka ta’siri aniqlangan.
IV. Ixtiroga patenti: «Arrali tola ajratgich», № IAR 03852-2009 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 21 iyun` 02-11/1608-son xulosasi.