Isaeva Dilbar Abdukadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Djon Golsuorsi adabiy merosining falsafiy tahlili», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal200.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy rahbar: Navruzova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abera Amonovna, falsafa fanlari doktori, Ruzmetova Gulnoz Miraxrorovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Djon Golsuorsining adabiy merosini ijtimoiy va falsafiy tahlil qilish hamda mamlakatimiz manfaatlaridan kelib chiqib, yoshlar tarbiyasida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Djon Golsuorsi asarlaridagi go‘zallik va erkinlik kategoriyalarining dialektik aloqadorligi, Go‘zallikning estetik mohiyati ezgulik, erkinlik, adolat kabi axloqiy kategoriyalarga transformatsiyalanishuvi hamda Erkinlikning axloqiy mohiyati go‘zallik va ulug‘vorlik estetik kategoriyalariga hamohangligi mantiqiy isbotlangan;
yozuvchining falsafiy dunyoqarashi Bergson va Spenserni olamni bilish va bilmaslik, Xudo va tabiatning birligi, inson mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlarining ontologik va antropologik xususiyatlari bilan o‘zaro ta’sirda ekanligi falsafiy tezislari asosida dalillangan;
yozuvchining asarlarida inson borlig‘ining mazmuni, sivilizatsiyaviy taraqqiyot va zamonaviy jamiyat ma’naviy mo‘ljallari dialektikasi; urushning ijtimoiy hodisa ekanligi; mulk va axloq munosabatlari kabi ijtimoiy-falsafiy muammolar ijtimoiy determinizm tamoyili kontekstida tadqiq etilganligi ilmiy asoslangan;
Djon Golsuorsi g‘oyalarining ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarida tabiatni asrashga yo‘naltirilgan ekologik gumanizm; oila va jamiyatda ayollarning ijtimoiy roli; adolat ustuvorligini ta’minlash kabi dolzarb axloqiy-falsafiy tamoyillarni shakllantirishdagi hamda mahkumlar huquqini ta’minlashdagi tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Djon Golsuorsining ijtimoiy-falsafiy qarashlarini tadqiq qilishning ilmiy natijalari asosida:
go‘zallik va erkinlik kategoriyalarining dialektik aloqadorligi, Go‘zallikning estetik mohiyati ezgulik, erkinlik, adolat kabi axloqiy kategoriyalarga transformatsiyalanishuvi hamda Erkinlikning axloqiy mohiyati go‘zallik va ulug‘vorlik estetik kategoriyalariga hamohangligiga oid ilmiy xulosalardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining №AIF 2/20 «Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash OTM o‘qituvchilari malakasini oshirish» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-97-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘z-o‘zini namoyon etishi, ijodiy faoliyatini ta’minlashiga, kasbiy va shaxsiy muvafaqiyatini ta’minlashga, shuningdek Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashga xizmat qilgan;
yozuvchining falsafiy dunyoqarashi Bergson va Spenserni olamni bilish va bilmaslik, Xudo va tabiatning birligi, inson mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlarining ontologik va antropologik xususiyatlari bilan o‘zaro ta’sirda ekanligiga oid takliflar va xulosalar «Golsuorsining badiiy ijodiyotidan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-97-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning G‘arb falsafasini o‘rganishga qiziqishi ortgan va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida bilim darajasini oshirish uchun nazariy-metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan.
inson borlig‘ining mazmuni, sivilizatsiyaviy taraqqiyot va zamonaviy jamiyat ma’naviy mo‘ljallari dialektikasi; urushning ijtimoiy hodisa ekanligi; mulk va axloq munosabatlari kabi ijtimoiy-falsafiy muammolar ijtimoiy determinizm tamoyili kontekstida tadqiq etilganligiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zLiDeP dasturini tayyorlashda hamda «START UP EXPORT», «START UP INVEST», «START UP INNOVATION» loyihalari doirasida foydalanilgan (O‘zLiDeP siyosiy kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2019 yil 20 dekabrdagi 01-27/983-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoshlarda adolat va insonparvarlik tamoyillarini tarbiyalash uchun mulkchilikning nafaqat amaliy, balki axloqiy jihatlarini o‘rgatishga imkon yaratgan;
ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarida tabiatni asrashga yo‘naltirilgan ekologik gumanizm; oila va jamiyatda ayollarning ijtimoiy roli; adolat ustuvorligini ta’minlash kabi dolzarb axloqiy-falsafiy tamoyillarni shakllantirishdagi hamda mahkumlar huquqini ta’minlashdagi tarbiyaviy ahamiyatiga oid xulosa va takliflardan Yoshlar ittifoqi tomonidan «Djon Golsuorsining ekologik insonparvarligi», «Djon Golsuorsi asarlaridagi mulkchilikning ma’naviy jihatlari», «O‘zbek yozuvchilari Mukimiy, Fitrat, Furkat, Cho‘lpon va ingliz yozuvchisi Djon Golsuorsi asarlaridagi ijtimoiy muammolar» mavzulari bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 30 yanvardagi №04-13/388 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning o‘zbekona va g‘arbona an’anaviy qadriyatlarning qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, shuningdek jamiyatda adolat tamoyilini ustuvorligiga erishish va ekologik madaniyatni tarbiyalashga imkon yaratgan;
vatanparvarlik, insonparvarlik, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat, shaxs erkinligiga oid mulohazalar va xulosalardan «Assalom Buxoro», «Nedelya», «Zamondosh» teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda o‘z aksini topdi (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 29 noyabrdagi №1/425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu zamonaviy yoshlarning ma’naviy madaniyati va axloqini yuksaltirishga xorijiy adabiyotga qiziqishni uyg‘otishga hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, ayollarni hurmat qilish, inson sha’nini ulug‘lash ham Sharq, ham G‘arb jamiyatiga xos tamoyil ekanligini anglashga imkon yaratgan.