Egamkulova Nodiraxon Baxtiyar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr boshlari adabiy jarayoni muammolari” (1906–1917 yillar o‘zbek vaqtli matbuoti misolida)”, 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil966.
Ilmiy rahbar: Abdirashidov Zaynabidin Sharabidinovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftandil Sodirxonovich, filologiya fanlari doktori; Halimova Sayyora Abdurahimovna,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XX asr boshlari o‘zbek vaqtli matbuot adabiy materiallarini aniqlash, ular orqali davr adabiy jarayoniga baho berish, ijtimoiy fikr taraqqiyoti tadrijini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlari mustaqil o‘zbek vaqtli matbuotida adabiy jarayon masalasi (shakllanishi, rivoji hamda “g‘arblashuvi”)  davr ijtimoiy-siyosiy muhiti hamda mavjud adabiy aloqalar kesimida ilk marotaba monografik tarzda ochib berilgan;
1906-1917 yillar o‘zbek matbuoti sahifalaridagi badiiy asarlar poetikasidagi o‘ziga xoslik (adabiyotning ijtimoiylashuvi, badiiy asarning til xususiyatlari, g‘oyaviy jihatlari) “Oyina” jurnali, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” va boshqa vaqtli matbuotdagi birlamchi manbalar asosida dalillangan; 
XX asr boshi o‘zbek vaqtli matbuot nashrlari (“Oyina” jurnali, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” gazetalari) adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tizimli tadqiq qilingan, adabiyotda yangi tur va janrlarning tasnifi amalga oshirilgan hamda matbuot orqali kechgan adabiy aloqalarning adabiy jarayon rivojidagi o‘rni ochib berilgan;
jadid adabiyotning mavzu-mundarijasida yuz bergan o‘zgarishlar hamda yangilangan poetik obrazlar talqini badiiy asarlar tahlili orqali dalillangan;
vaqtli matbuot tilining badiiy asar poetikasiga ta’siri masalasi adabiy materialning alohida nashri va uning gazetada e’lon qilingan variantlarining qiyosiy tadqiqi asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr boshlari adabiy jarayoni muammolari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:   
o‘tgan asr boshlari ijtimoiy fikr hamda badiiy tafakkur munosabatining matbuot sahifalarida aks ettirish usullarini tekshirish; ijtimoiy muhit ta’sirida adabiyotning “g‘arblashuvi” masalasi, adabiyotda yangi tur va janrlarning paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash; matbuot sahifalaridagi badiiy asarlar poetikasidagi o‘ziga xoslik masalalarini o‘rganish; adabiyotning ijtimoiylashuvi, badiiy asarning til xususiyatlari, g‘oyaviy jihatlarini tahlil qilish; adabiyotning mavzu-mundarijasida yuz bergan o‘zgarishlar hamda yangilangan poetik obrazlar tizimini talqin qilishga oid xulosalardan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ¬¬2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4855-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyoti tarixining XX asr boshi adabiy jarayoni, adabiyotda yangi tur va janrlarning paydo bo‘lishiga doir ilmiy qarashlarning boyishiga asos bo‘lgan; 
XX asr boshlaridagi adabiy jarayon, badiiy asarning janr xususiyatlari va poetik belgilarining o‘rnini belgilash; XX asr boshi o‘zbek adabiyotida ro‘y bergan poetik obrazlar tizimidagi yangilanishlarni davr kesimi nuqtai nazaridan tekshirish; jadidlarning adabiy tanqid, adabiyotda yangi tur va janrlarning paydo bo‘lishi masalalariga munosabatini aniqlash; matbuot – adabiyot – davr aloqadorligi masalalarini talqin va tahlil metodologiyasi nuqtai nazaridan asoslash borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan OT – F1-80  raqamli “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining ¬¬2020 yil 7 dekabrdagi 3/1255-2748-son ma’lumotnomasi). Natijada, XX asr boshi yangi o‘zbek adabiyotidagi yangilangan poetik obrazlar, badiiy qahramon masalasiga doir ilmiy qarashlarning boyishiga asos bo‘lgan;  
jadid adabiyoti badiiyati, davr adabiy muhiti ijodkorlarining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni, vaqtli matbuot va adabiy jarayon munosabatiga oid nazariy va amaliy xulosalardan Surxondaryo teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiosining “Adabiyot gulshani” eshittirishida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 01-01/336-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish