O‘razbaeva Mahbuba Qadamboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hozirgi o‘zbek romanchiligida ayol obrazi va uning qiyosiy tahlili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2018.3.PhD/ Fil 541
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni:
Qahramonov Qurdosh Yalgashevich,filologiya fanlari doktori, pofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hozirgi o‘zbek romanchiligida ayol obrazining yaratilishi masalasini qiyosiy aspektda o‘rganib, umumbashariy va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ma’nan va ruhan yangilanayotgan qahramonlar sifatida o‘zligini namoyon etuvchi jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr o‘zbek realistik adabiyotidagi sevimli ma’shuqa, mehribon ona, ijtimoiy hayotga bog‘lanib qolgan jafokash ayolning 80-yillarga kelib maishatparastlik va manfaatparastlik kabi salbiy jihatlari bilan aks etgan obraz sifatida tasvirlana boshlagani ko‘rsatib berilgan;
mustaqillik davri romanchiligida adibalar romanlaridagi ayollar obrazi xarakter xususiyatiga ko‘ra besh guruhga ajratib tasniflangan;
Tog‘ay Murod romanlaridagi ayol qahramonlar sho‘ro davri adabiyotida aks etgan ayolning ko‘tarinki obrazlariga zid timsol sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
N.Norqobilov asarlaridagi ayollar obrazida milliy va mahalliy kolorit (adib bolaligi kechgan yurt) hamda xalq dostonlari ayol qahramonlariga xos xususiyatlar aniqlangan;
Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanini ingliz adibi Charl`z Dikkensning “Katta umidlar” romaniga qiyoslash orqali ayol timsolidagi umuminsoniy va milliy xususiyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek romanchiligida ayol obrazi va uning qiyosiy tadqiqi natijalari asosida:
ayol obrazining yaratilishi hamda rus, evropa va MDH davlatlar adabiyotshunosligida o‘rganilishi, uning nazariy ilmiy-estetik asoslari, so‘nggi davr o‘zbek romanchiligida ayol obrazi, globallashuv jarayonida o‘zgarayotgan ruhiy olami manzaralarining badiiy adabiyotda ifodalanishiga doir xulosalardan OT-F1-80 “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi №3/1255-2450 ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi tufayli loyiha ayol obrazining jahon va o‘zbek adabiyotidagi global mohiyatiga oid yangi qarashlar bilan boyitilgan;
XX asr o‘zbek adabiyotida ijtimoiylashgan ayollar obrazining adabiyotda ifodalanishi OT-F1-77 “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalangan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi №3/1255-2450 ma’lumotnomasi). Natijada XX asr o‘zbek romanlarida ayol obrazini yaratishning tizimli talqinlarini yuzaga keltirish borasida muayyan xulosalarga kelingan;
Istiqlol yillarida yaratilgan ayollar obrazi xususida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalidagi “Adabiy jarayon” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” kanalining 2020 yil 13 oktyabrdagi 01-16/100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar N.Norqobilov, L.Bo‘rixon romanlarida tasvirlanganayollar obrazining xarakter xususiyatlari, fojiasi omillari bilan yaqindan tanishishlariga erishilgan.