Mamatova Dilrabo Alisherovnaning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxtani mayda chiqindilardan  tozalash mashinalarining ishchi organlari va yuritmalaridagi tasmali uzatmalarni hisoblash usullari»,  05.02.03–Texnologik mashinalar, robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T9.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda chiqindilardan tozalash mashinasining samaradorligini oshirish uchun qoziqli baraban yuritgichida o‘zgaruvchan uzatish nisbatli tasmali uzatma konstruksiyasini ishlab chiqish, kinematik va dinamik hisoblash metodlarini yaratish, ratsional parametrlarini asoslashdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxtani mayda chiqindilardan  tozalash mashinasining  ishchi organlarini kerakli o‘zgaruvchan tezlik va tezlanishlarini ta’minlaydigan tasmali uzatma konstruksiyasi yaratilgan;

tasmali uzatmani kinematik tahlili asosida harakat qonunlari ishlab chiqilgan;

tasma tarmoqlarida deformatsiya va ishqalanishlarini hisoblash metodlari ishlab chiqilgan;

paxtani mayda chiqindilardan tozalash mashinasining tasmali uzatmasi, elektr yuritgich va paxtaning ta’sirini inobatga olgan holda sistemani dinamik hisob metodi ishlab chiqilgan.

IV. Ixtiroga patenti: «Tasmali uzatma», № IAR 03341 –2007 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 23 iyun`  01-08/1622-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish