Djuraev Abdujalil Mannapovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polimer materiallar bilan charm buyumlarini gidrofoblash va uning ekspluatatsion xossalari», 05.06.01–To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T13.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

II. Tadqiqotning maqsadi:yangi va mahalliy birikmalar asosida samarali va arzon gidrofoblovchi kompozision materiallarni yaratish va charm buyumlariga tatbiq qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi va mahalliy birikmalar asosida gidrofoblovchi kompozision material yaratilgan;

charm buyumlariga pardoz berish jarayonida tayyor mahsulotni konformatsion o‘zgarishini oshirish va tabiiy charmning struktura tuzilishini tartibga solish imkonini beruvchi, yuqori fizik-mexanik xususiyatga, yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan yangi gidrofoblovchi kompozisiyalar yaratilgan;

dastlab suv bilan namlangan charm namunalari, keyingi jarayonlarda derma strukturalaridagi elementalar bilan mustahkam bog‘larni hosil qilganligi aniqlangan;

rentgenostrukturali tadqiqot asosida gidrofoblangan charm namunalarda difraksion maksimum cho‘qqilarini o‘tkirligi va cho‘qqilarni ko‘plab xosil bo‘lishi amorf fazadan kristallik fazalarga o‘tishi  charmni strukturasini yaxshilanish uslubi ishlab chiqilgan.

IV. Ixtiroga patenti: «Charmni pardozlash uchun penetrator», № IAP 04089-2007 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 23 iyun` 01-08/1623-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish