Xushnazarova Ma’mura Nodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Ped1733.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Gulsanam Nematovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD. 12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, dotsent Riskulova Kamola Djummaevna; psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Zakirov Alisher Akbarovich.
Yetakchi tashkilot : Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining uslubiy-didaktik ta’minoti integrativ va differensial yondashuvlarga tayanib, mutaxassis shaxsini shakllantirish sohalarini sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga asoslangan mustaqil o‘z-o‘zini rivojlantirishning qayta aloqasi va uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli intellektuallik va kommunikativlik tamoyillariga muvofiq mutaxassislikka nisbatan “Ilk qadam” tayanch dasturi va “Ilmga yo‘l” variativ dasturida belgilangan talablar bilan uzluksiz malaka oshirish jarayonini tashkil etishning kooperativ hamkorligi asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida malaka oshirish kursining kreativ muhitni shakllantirish, izlanish va tadqiqotchilikka sharoit yaratish hamda shaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini anglash jarayonida barqarorlik dinamikasini determinantlashtirish natijasida rivojlantirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarining integrativ mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirishning innovatsion va refleksiv texnologiyalarini tizimlashtirish hamda pedagoglarning o‘z kasbiga nisbatan internal va eksternal motivlarini barqarorlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish mezonlari va daraja ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish modelining mazmunli blokini loyihalash, “Ilk qadam” tayanch dasturi va “Ilmga yo‘l” variativ dasturida belgilangan talablar bilan uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishning kooperativ jihati ustuvorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 02-02/2-1407-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining o‘quv-uslubiy va ijtimoiy pedagogik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish tuzilmasini aniqlashtirish, mutaxassis shaxsining rivojlanish sohalarini sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga asoslangan mustaqil o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonlari bilan qayta aloqasini ta’minlashga doir takliflari asosida “Ta’limni modernizatsiyalash jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog-tarbiyachilarni tayyorlash va kasbiy kompetentligini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening dasturi va uning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 02-02/2-1407-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun tashkil etiladigan seminar-treninglar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishning metodik shartlarinn aniqlashtirish, kreativ muhitning qaror topganligi, izlanishli-tadqiqotchilik kompetensiyasining rivojlanganligi, shaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini anglash jarayonlari dinamikasining barqarorligi determinantligini belgilashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan №A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 02-02/2-1407-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining metodik kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.