Xaitova Yulduz Saitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik jarayonida ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1501.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Shavkat Ergashevich,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muhabbat To‘xtasinovna,pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning malaka talablari bilan nostandart pedagogik faoliyat xususiyatlarni partisipativ va diskursiv yondashuvlar asosida integratsiyalash orqali pedagogik-kasbiy faoliyatni amalga oshirishda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarni tavsiflovchi intellektuallik, nostandart fikrlash, ijobiy “Men”-konsepsiyasi                 (I-Conception) va assertivlik kabi kasbiy sifat ko‘rsatkichlari  aniqlashtirilgan;
pedagogik o‘qitish jarayonini tarixiy-konseptual va mantiqiy-strategik tahlil qilish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik modelini ishlab chiqish orqali talabalarning ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli-tashkiliy va baholovchi-tashxislovchi kabi funksional komponentlarining mazmuni takomillashtirilgan;
talabalarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida nostandart mazmunli kognitiv muloqotni erkin tanlash va amalga oshirishga qaratilgan “freewriting”, “break pattern”, “framing and focusing” va “case study” kabi interfaol metodlarni ijodiylik va kasbiy yo‘nalganlik tamoyillari asosida ishlab chiqish orqali talabalarda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
umummadaniy va umumkasbiy kompetensiyalarining uzviy shakllanganligini belgilovchi emotsional, kognitiv va konativ kabi pedagogik-kasbiy kategoriyalarni kompleks tashxislash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish   bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik taklif va tavsiyalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlari tarkibiy tuzilmasiga (maqsadli, mazmunli-tashkiliy, baholovchi-tashxislovchi) oid taklif va tavsiyalar tajriba-sinov maydonlaridagi 5110900–Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishlari malaka talablari hamda “Pedagogik mahorat” fani mazmunini takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining   2021 yil 9 fevraldagi 89-03-767-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar oliy ta’lim talabalarining ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim jarayonida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda “freewriting”, “break pattern” va “framing and focusing”,“case study” kabi interfaol metodlarni amaliyotga joriy etishga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” o‘quv predmeti didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-767-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati va kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.
talabalarda ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmunini ijodkorlik harakteridagi nostandart muammoli topshiriqlar va keyslar bankini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar 5110900–Pedagogika va psixologiya  bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Ijodiy-kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” metodik qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-767-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ta’minoti ishlanmalar talabalarning mustaqil ta’limi hamda metodik-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy-kommunikativ komponentlarning (emotsional, kognitiv va konativ) shakllanganlik darajalari (yuqori, o‘rta va past)ni kompleks aniqlashga (refleksivlik, kognitivlik, kommunikativlik, kreativlik) oid takliflardan Qarshi davlat universitetining AIF 2/17-“O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” (“MT+TBB 18” modeli) (2019–2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-767-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tavsiyalar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini baholash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish