Ismoilova Himoyat Matnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida olingan ionitlarning oraliq metallar bilan komplekslari», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K124.
Ilmiy rahbarlar: Hasanov Shodlik Bekpulatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent; Bekchanov Davronbek Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat univesiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida olingan ionitlarning oraliq metallar bilan komplekslarini olish, tuzilishi va xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo asosidagi olingan polikompleksonlarning mis (II) va xrom (III) ionlariga nisbatan selektivligi aniqlangan;
polikompleksonlarning Cu(II), Ni(II), Co(II), Zn(II) va Cr(III) ionlari bilan sorbsiya mexanizmi kompleks hosil bo‘lish orqali ketishi IQ- spektroskopiya, diffuz qaytarilishning elektron spektri hamda element tahlil yordamida aniqlangan, olingan komplekslarning tarkibi, tuzilishi va koordinatsion tugun geometriyasi isbotlangan;
polikompleksonlarning mis (II), nikel` (II), kobal`t (II), rux (II) va xrom (III) ionlari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalarining koordinatsion tugunlari kvant kimyoviy usulda hisoblangan va geometrik parametrlari aniqlangan;
polikompleksonlar ishtirokida «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ ning oqova suvlaridan rangli metall ionlarini kompleks hosil qilib ajratib olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Anionit va poliamfolit bilan oraliq metallar ionlarining sorbsiyalanishini o‘rganishda olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlarni polikompleksonlar ishtirokida tozalash «Muborak gaz qayta ishlash zavodi» AJ amaliyotida joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2021 yil 12 yanvardagi 21/GK-01-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, oraliq metall ionlarini kompleks bog‘ hisobiga selektiv ajratib oluvchi mini uskuna yaratish imkonini bergan;
selektiv polikompleksonlar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ amaliyotiga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2021 yil 12 yanvardagi 21/GK-01-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, polikompleksonlar oqova suvlari tarkibidagi Cu(II), Ni(II), Zn(II) metall ionlari miqdorini 1,25% gacha kamaytirish imkonini bergan; 
polikompleksonlar «URGANCh BAHMAL» MChJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 martdagi 01-02/8-342 son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidagi oraliq metall mis (II), kobal’t (II), nikel` (II), rux (II) va xrom (III) ionlarning miqdorini 75–80% ga kamaytirish imkonini bergan;
selektiv xossali polikompleksonlar A-7-23 raqamli «Mahalliy sorbentlar yordamida mis ionlarini oqova suvlaridan ajratib olish texnologiyasi» mavzusidagi (2015-2017 yy) amaliy loyihada oqova suvlaridan mis ionlarini selektiv ajratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalari oqova suvlaridan mis (II) ionlarini selektiv ajratib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish