Hayitov Odiljon G‘afurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro-Xiva o‘lkasining janubi-sharqiy qismidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va zaxiralarini samarali qazib olishning geologik asoslari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/GM26.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Shoymuratov To‘ychi Xoliqulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Husanov Sultonboy To‘xtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Salmanov Axmed Mois ogli, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva o‘lkasini janubi-sharqiy qismini geologik tuzilishini aniqlashtirish uchun uglevodorod konlarini tasnifini ishlab chiqish, anomal yuqori qatlam bosimi hosil bo‘lish sabablarini aniqlash va geologik zaxiralarni chiqarib olish koeffisientini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorodlarning fazaviy holati bo‘yicha o‘xshash ob’ektlarni tanlashni miqdoriy asoslashga imkon beradigan Buxoro-Xiva o‘lkasining janubi-sharqiy qismidagi konlar tasnifi ishlab chiqilgan;
uglevodorodlar holati bo‘yicha uyumlar turini asoslashga imkon beradigan gaz tarkibidagi kondensat miqdorining boshlang‘ich qatlam bosimiga bog‘liqligi aniqlangan;
izlov-razvedka quduqlari konstruksiyasi va ularni sinash usullarini asoslashga imkon beradigan anomal yuqori qatlam bosimi paydo bo‘lishiga asosiy sabab bo‘lgan omillar asoslangan;
Buxoro-Xiva o‘lkasining janubi-sharqiy qismidagi mahsuldor qatlamlarni drenajlash bilan to‘liq qamrab olinmaganligi sababli, amalga oshirilayotgan ishlatish tizimlari bilan uglevodorod konlarini o‘zlashtirishning past samaradorligi niqlandi, uni neft` va gazni qazib olishni oshirish bo‘yicha tadbirlar zaruratiga xizmat qilishi asoslangan;
neftni chiqarib olish koeffisientini neft` zaxiralarining chiqarib olinadigan samarali hajmini asoslash imkonini beradigan quduq to‘ri zichligiga bog‘liqligi aniqlangan;
gaz zaxiralarini statistik, hajmiy usullar bilan hisoblab chiqilgan va qoldiq geologik gaz zaxiralarini baholashga imkon beradigan moddiy balans usuli bilan taqqoslangan, gazning geologik zaxiralarini qazib olish darajasini oshirish bo‘yicha geologik-texnik tadbirlarni asoslashga uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro-Xiva o‘lkasining janubi-sharqiy qismidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va zaxiralarini samarali qazib olishning geologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy ilmiy tadqiqotlar asosida: 
G‘arbiy O‘zbekistondagi gaz osti neft` ob’ektlarida mahsuldor qatlamlarni teshish oraliqlarini, qatlamga depressiya kattaligini va jadallashtirish usullarini qo‘llash zaruratini asoslash bo‘yicha tavsiyalar “O‘zgeoburneftgaz” AKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 30 apreldagi 02/12-1-82 son ma’lumotnomasi). Natijada, razvedka va ishlatish quduqlarini o‘zlashtirishda sanoat miqyosidagi neft` oqimlari olingan;
Shakarbuloq konidagi ishlatish quduqlarini joylashtirishni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyanoma «Hisorneftgaz» MChJ QKning Shakarbuloq konida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 30 apreldagi 02/12-1-82-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlar fondidan foydalanish koeffisientini 30 foizdan 78 foizgacha o‘sish imkonini bergan;
izlov va razvedka quduqlarini optimal joylashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar Chunagar, Daraxtli va Qumli maydonlarida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 30 apreldagi 02/12-1-82-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan usulni qo‘llab, gaz kondensati uyumi mavjudligi aniqlangan, gaz, kondensat va ularning tarkibidagi komponentlar zaxiralarini oshirish imkonini bergan;
«Foydali qazilma konlari geologiyasi, ularni izlash va razvedka qilish (neft` va gaz konlari)» ixtisosligi bo‘yicha oliy o‘quv yurti bakalavrlari o‘quv jarayoniga «Neft` va gaz uyumlarini izlash va qidirish metodlari» darsligi joriy qilingan (Guvohnoma, 25.08.2018 y., №744). Natijada, «Neft` va gaz uyumlarini izlash va qidirish metodlari» darsligi ushbu fanni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish