Pulatova Mohira Baxtiyorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirishda investisiyalardan samarali foydalanish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Iqt124.

Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirishda investisiyalardan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sanoat tarmog‘iga xorijiy investisiya sifatida kiritilyotgan ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanishda xodimlar malaka darajasining muvofiqligini ta’minlash vazifalarini xorijiy investor mas’uliyati doirasiga kiritishga asoslangan;

xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarda innovatsion texnologiyalarga nisbatan jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llashning amaldagi tartibiga asosiy vositaning eskirishiga qo‘shimcha ravishda hisoblanadigan qayta baholash indeks koeffisientini tatbiq etish orqali iqtisodiy tejamga erishish imkoniyati asoslangan;

sanoat korxonalarida xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy investorning milliy investor ulushidan kam bo‘lmagan miqdordagi kapital bilan ishtirok etishining ustuvor jihatlari asoslangan;

sanoat korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyaviy ta’minlashning amaldagi mexanizmi vazifalarni strategik, taktik va operatsion tavsifi bo‘yicha aniqlashtirish, zamonaviy usullari hamda vositalarni tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sanoat korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirishda investisiyalardan samarali foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sanoat tarmoqlariga ilg‘or xorijiy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish uchun milliy kadrlar malakasini oshirishni xorijiy investor zimmasiga yuklash hamda iqtisodiy samarani taqsimlash tartibini qat’iy belgilash UZTEX TASHKENT QK faoliyatiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 26 apreldagi DM-173-son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida 100 nafardan ortiq milliy kadrlarga xorijiy uskuna va texnologiyalardan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilib, korxona tasarrufidagi zamonaviy xorijiy texnologiyalar va uskunalardan foydalanish samaradorligi ortgan;

xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash orqali iqtisodiy tejamga erishish imkoniyati UZTEX TASHKENT QK faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 26 apreldagi DM-173-son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi inflyasiya sur’ati yuqori bo‘lgan sharoitlarda yuqori samara berib, texnik va texnologik modernizatsiya uchun zamin yaratdi va korxonaning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan.

korxonalarda xorijiy investisiya ishtirokidagi investisiya loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy investorning ulushini milliy investor ulushidan kam bo‘lmagan miqdorda kapital bilan samarali ishtirok etishi UZTEX TASHKENT QK faoliyatida qo‘llanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 26 apreldagi DM-173-son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi investision loyihalarni ishlab chiqishda ko‘zda tutilmagan xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etishmasligi muammosini tezkorlik bilan bartaraf etish asosida ishlab chiqarishning o‘z muddatida boshlanishi va kutilgan pul oqimlarini ta’minlash imkonini bergan;

sanoat korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyaviy ta’minlash mexanizmi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi boshqaruv tizimiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 26 apreldagi DM-173-son  ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi korxonada investision loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni tezkor aniqlash va oldini olish imkonini berib, loyiha doirasidagi barcha resurslarning samarali foydalanishini, loyihaviy boshqaruvning zamonaviy standartlari va tizimlari joriy etilishini ta’minlagan. Jumladan, xalqaro sifat menejment tizimi ISO 9001-2015 va tashkilot resurslarini rejalashtirish tizimi (ERP system) SAP 4/HANA dasturlari korxona loyihalarini o‘z vaqtida, samarali amalga oshirish va ularni kunlik monitoringini olib borish imkonini berdi. Natijada loyihani amalga oshirishdagi iqtisodiy va vaqt sarfidan yo‘qotishlar 5%ga qisqardi,  samaradorlik 9%ga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish