Xamzaev Xaqberdi Eshmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polietilen asosidagi metall to‘ldiruvchili nanokompozision materiallar va ular asosida mahsulotlar olish tarkibi va texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va kamyob metallar metallurgiyasi.Kamyob va radidoaktivelementlar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1762.
Ilmiy rahbarlar: Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshken davlat transport universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.l5/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuxamedova Umida Alijanovna, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Turin politexnika instituti Toshkentdagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polietilen asosidagi metall to‘ldiruvchili nanokompozision materiallar va ulardan mahsulotlar olish tarkibi va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir-biridan izolyasiyalangan sul`fid, metall nanozarralar va ikkilamchi polietilen asosida nanokompozision materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgann;
to‘ldirgichlar nanozarralar o‘lchami, ularning xususiyatlari, tuzilishi va konsentratsiyasi, ikkilamchi polietilen asosidagi kompozision materialning fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
sul`fid va metall nanozarralar asosida yaratilgan nanokompozit molekulalarining strukturasi, energiya-dispersligi va tarkibiy elementlar morfologiyasi aniqlangan;
nanoto‘ldiruvchilarning fazali tarkibiga va polimer kompozit material ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq holda polimer nanokompozitlarning struktura va xossalari shakllanishi asoslangan;
nanozarrachalarning tabiati va tarkibini nanokompozitlarning deformatsion, tribotexnik, termofizik va elastiklik xossalariga ta’siri asoslangan;
bir-biridan izolyasiyalangan sul`fid va metall nanozarralar bilan to‘ldirilgan ikkilamchi polietilen asosida kompozit materiallar va nanostrukturali buyumlar olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polietilen asosidagi metall to‘ldiruvchili nanokompozision materiallar va ular asosida mahsulotlar olish tarkibi va texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan kompozisiyaning polietien trubalarda qo‘llash texnologik reglamenti (TR-01-T2-345) «O‘zkimyosanoat» AJ tarmoq standarti (TSt 2910-01:2007) 6.2.1-bandiga assosan «Jizzax polimer plast» MChJ tomonidan tasdiqlangan. Natijada yaratilgan kompozisiyadan polietilen trubalar ishlab chiqarish imkonini bergan.
ikkilamchi polietilen asosidagi mis, kadmiy sul`fid nanozarralari to‘ldirilgan kompozision polimer materiallar tarkibi va texnologiyasi «Jizzax polimer plast» MChJ da amaliyotga joriy etilgan («O’ZBEKNEFTEGAZ» AJning 2020 yil 23 noyabrdagi №1683/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot sifati 33% va iqtisodiy samaradorligi 5 % oshirish imkonini bergan;
ikkilamchi polietilen asosidagi mis, kadmiy sul`fid nanozarralari to‘ldirilgan kompozision polimer materiallar asosida olingan mahsulotlar Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan («O’ZBEKNEFTEGAZ» AJning 2020 yil 23 noyabrdagi №1683/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona texnologik jarayonlarini ish unumdorligini ta’mirlashga to‘xtash kamayishi hisobiga 22% va iqtisodiy samaradorlikni 7% oshirish imkonini bergan.