Otaqulov Nodirjon Baxromalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fransuz, o‘zbek va rus tillarida mezurativ frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil436.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Dustmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi mezurativ frazeologizmlarning etimologiyasi, semantik va struktur tarkibi, lisoniy-madaniy hamda differensial xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi mezurativ frazeologizmlar leksik va grammatik o‘zgarishlar natijasida leksik-grammatik hamda elliptik variantlarni hosil qilishi sinonimiya, antonimiya, variantlilik hodisalari asosida aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi mezurativ frazeologik birliklar orasida birdan o‘ngacha oraliqdagi raqamlar frazeologizmlar tarkibida ramziy ma’nosiga ko‘ra bir xil qarashga ega bo‘lgan universal tizimni hosil qilishi asoslangan;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi mezurativ frazeologizmlarning farqli tomonlari ushbu xalqlarning urf-odatlarini ifodalovchi ekvivalentsiz so‘zdan tashkil topganligi, o‘xshashligi esa semantik obrazlilikning yaqinligi natijasida yuzaga kelishi orqali ochib berilgan;
turli tizimli tillarda insonni xarakterlovchi mezurativ frazeologik birliklarning ijtimoiy-madaniy tematik tasnifi insonning tashqi ko‘rinishi, xulq-atvoridagi aqllilik, mehnatsevarlik, jasurlik, kamtarlik, to‘g‘rilik kabi ijobiy va bilimsizlik, badnafslik, ikkiyuzlamachilik, ochko‘zlik, xasislik kabi salbiy jihatlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi mezurativ frazeologik birliklarning sinonimiya va antonimiya hodisalari asosidagi struktur tipologik xususiyatlari tahliliga doir ilmiy-nazariy xulosalardan YoA-1-06 raqamli «Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv» mavzuidagi amaliy loyiha yo‘nalishining «Madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda tarjimaning roli» qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89–03–5146-son ma’lumotnomasi). Natijada, mezurativ frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari turli tizimli tillarda intralingvistik va ekstralingvistik omillarga bog‘liqligini asoslashga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi urf-odatlar bilan bog‘liq birdan o‘ngacha oraliqdagi ramziy ma’noga ega mezurativ frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan «Project 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)» mavzuidagi xalqaro fundamental loyihaning «Magistratura talabalari uchun onlayn darslarni tashkil etish» qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89–03–5146-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tizimli tillarda mezurativ frazeologizmlar ramziy ma’nosining farqli va o‘xshash jihatlarini aniqlash va farqlashga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi mezurativ frazeologizmlarning differensial xususiyatlariga oid ilmiy materiallaridan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida namoyish etilgan «Taqdimot» va «Mavzu» nomli sahifasi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2020 yil 24 noyabrdagi 01-13-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi mezurativ frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar ommalashtirilgan;
turli tizimli tillarda mezurativ frazeologizmlarning hajm va sig‘im, masofa va makon, miqdor va o‘lchov birliklari bo‘yicha aniqlashtirilgan tematik guruhlarni o‘z ichiga olgan leksik manba asosida lug‘at tuzish tamoyillariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan YoA-1-06 raqamli «Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv» mavzuidagi amaliy loyihaning «Tarjimonlar uchun lug‘at yaratish» qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89–03–5146-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu soha bo‘yicha maxsus ikki yoki ko‘p tilli mezurativ frazeologizmlarning izohli va tarjima lug‘atlarini yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish