Ziyaeva Xolida Omonqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash samaradorligini oshirish mexanizmlari», 22.00.03 – «Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/S47.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Dsc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narbaeva Tanzila Kamalovna, sotsiologiya fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Odilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilgan zo‘ravonlikning xavflilik darajasini (turmush o‘rtog‘i, qaynona va qaynota hamda farzandlari tomonidan) aniqlashda Kempbell metodi, maishiy zo‘ravonlikni skrininglash (xavfga tezkor baho berish)da Datton metodi, tazyiq xavfini (zo‘ravonlikda ayblanuvchining xatti-harakatlari, ruhiy holati, huquqbuzarlikning tabiati)ni baholashda Sara metodlarining afzalligi isbotlangan;
xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilgan maishiy zo‘ravonlikning o‘sib borish sabablarini aniqlashda Uolker modeli (2 soatdan 24 soatgacha davom etadigan kamsitish, barcha huquqlaridan mahrum qilish, ozodlikni cheklab qo‘yish), xotin-qizlarga jismoniy va emotsional zo‘ravonlik o‘tkazuvchi shaxslarning sotsial portretini aniqlashda Dulut modeli (ta’qib, tajovuz, qo‘rqitish, tahdid, ajratib qo‘yish, bolalardan foydalanish)ni joriy etish zaruriyati asoslab berilgan;
maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyaga to‘liq qamrab olish uchun IIV tizimida (zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlovchi inspektor) hamda mahallalarda doimiy ish olib boruvchi (ijtimoiy xodim) shtatlar tashkil qilinishi va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni samarali ijtimoiy himoya qilish maqsadida intervensiya (inspektor va ijtimoiy xodimning aralashuv vakolati) faoliyatini joriy qilish zarurati asoslab berilgan;
zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatishni tizimli tashkil etishda har bir hududda bittadan namunaviy markaz tashkil etish, maqsadli va tizimli tadbirlarni har bir xonadon va mahalla kesimida olib borilishi maishiy zo‘ravonlik profilaktikasi va zo‘ravonlikni o‘z vaqtida aniqlash intensivligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini tadqiq qilish asosida:
maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilgan zo‘ravonlikning xavflilik darajasini (turmush o‘rtog‘i, qaynona va qaynota hamda farzandlari tomonidan) aniqlashda Kempbell metodi, maishiy zo‘ravonlikni skrininglash (xavfga tezkor baho berish)da Datton metodi, tazyiq xavfini (zo‘ravonlikda ayblanuvchining xatti-harakatlari, ruhiy holati, huquqbuzarlikning tabiati)ni baholashda Sara metodlarining afzalligi isbotlanganligi ma’lumotidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2019 yilda «O‘zbekistonda fuqarolarining gender tengligi» to‘g‘risida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketaning «D» blokida 5 ta, «E» blokida 3 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 03 iyundagi 01-16/158-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi O‘zbekistonda ayollar va erkaklarning gender tengsizligi sababli maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning ijtimoiy holati ularni ijtimoiy himoyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar va organlarga taklif va tavsiyalar berish imkonini bergan;
xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilgan maishiy zo‘ravonlikning o‘sib borish sabablarini aniqlashda Uolker modeli (2 soatdan 24 soatgacha davom etadigan kamsitish, barcha huquqlaridan mahrum qilish, ozodlikni cheklab qo‘yish), xotin-qizlarga jismoniy va emotsional zo‘ravonlik o‘tkazuvchi shaxslarning sotsial portretini aniqlashda Dulut modeli (ta’qib, tajovuz, qo‘rqitish, tahdid, ajratib qo‘yish, bolalardan foydalanish)ni joriy etish zaruriyati asoslab berilganligi ma’lumotidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3827- sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash hamda mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi qo‘mitaning quyi tashkilotlariga berilgan uslubiy ko‘rsatmalarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasinig 2019 yil 7 noyabrdagi № 13/2276-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilgan maishiy zo‘ravonlikni o‘sib borish sabablarini nazariy va ilmiy asoslashda hamda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishda o‘z samadorligini ko‘rsatgan;
maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyaga to‘liq qamrab olish uchun IIV tizimida (zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlovchi inspektor) hamda mahallalarda doimiy ish olib boruvchi (ijtimoiy xodim) shtatlar tashkil qilinishi va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni samarali ijtimoiy himoya qilish maqsadida intervensiya (inspektor va ijtimoiy xodimning aralashuv vakolati) faoliyatini joriy qilish zarurati asoslab berilganligi ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-sonli «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 11 maydagi 13/2276-19-sonli ma`lumotnomasi). Ushbu natijalar maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyaga to‘liq qamrab olish, xotin-qizlarni samarali ijtimoiy himoya qilish maqsadida intervensiya faoliyatini joriy qilish tizimini yanada takomillashtirishda o‘z samadorligini ko‘rsatgan.
zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatishni tizimli tashkil etish (har bir hududda bittadan namunaviy markazlar), ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan), ishlarni har bir xonadon va mahalla kesimida olib borilishi maishiy zo‘ravonlik profilaktikasi va zo‘ravonlikni o‘z vaqtida aniqlash intensivligini ta’minlashning ahamiyati ochib berilganligi ma’lumotidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2019 yilda «Oila va jamiyat» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketaning «B» blokida 2 ta va «C» blokida 2 ta savollarni tuzishda hamda «Oila va ma’naviyat» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketada 4 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2020 yil 03 iyundagi 01-16/158-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi O‘zbekistonda ayollar va erkaklarning oilaviy munosabatlarini va oiladagi ma’naviy muhitni buzilishi oqibatida maishiy zo‘ravonlikni kelib chiqishi hamda zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda reabilitatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga tegishli taklif va tavsiyalar berishda o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan;
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan «Maishiy zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish samaradorligini oshirish mexanizmlari» mavzusidagi sotsiologik tadqiqot Dasturi mualliflik huquqi ob’ekti sifatida deponentlangan. («Intellektual mulk konsul`tativ markazi» davlat unitar korxonasining 2020 yil 31 maydagi 002177-sonli guvohnomasi).