Patxullaev Sarvarjon Ubaydulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi tarkibli noto‘qima matolarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubini takomillashtirish”, 05.06.01 - “To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1643.
Ilmiy rahbar: Ochilov To‘lqin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Akmal Axmedovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut daraxti po‘stlog‘idan tola ajratib olish va turli tarkibli ikkilamchi material resurslari aralashmalaridan ishlab chiqarilgan noto‘qima matolarning fizik-mexanik xossalarini baholash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut daraxti po‘stlog‘idan lub tolasini fizik-mexanik usulda ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va olingan tolaning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlangan;
ikkilamchi material resurslari komponetlari asosida yuqori sifatli noto‘qima mato ishlab chiqilgan;
ikkilamchi material resurslari komponentlarini noto‘qima matolarning fizik-mexanik xossalariga bog‘liqligi asoslangan;
noto‘qima matolar qalinligi bo‘yicha notekisligining o‘zgarish diagrammalari va funksiyalari yordamida korrelyasion bog‘liqligining mavjudligi aniqlangan hamda baholash uslubi takomillashtirilgan;
noto‘qima matoning nochiziqli deformatsiyalanishi qonuniyati asosida, qayshqoqlik holatini saqlab qoladigan kuchlar aniqlangan, ularni baholash va bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi material resurslari komponentlaridan sifatli noto‘qima mato ishlab chiqarish bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
yangi tarkibli noto‘qima matolarning sifat ko‘rsatkichlarini baholashning takomillashtirilgan uslubi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “SOF MEGA TEKSTIL” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 13 oktyabrdagi 03/14-2400-son ma’lumotnomasi). Natijada, noto‘qima matoning havo o‘tkazuvchanligi boshqa namunalarga nisbatan 33,8% erishish imkoniyati yaratilgan.
noto‘qima matolarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubi “Buxoro o‘quv ishlab chiqarish” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 13 oktyabrdagi 03/14-2400-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan noto‘qima matoning ekspluatatsion xususiyatlari yaxshilanishi va yuqori sifatga erishish imkoniyati yaratilgan.