Inoyatov Dilshod Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chegaralangan sklerodermiyani davolashda organizmning molekulyar-biokimyoviy ko‘rsatkichlariga asoslangan holda takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib478
Ilmiy maslahatchi: Arifov Saidkosim Saidazimovich,  tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybulina Zarina Ruslanovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chegaralangan sklerodermiyaning patogenezini molekulyar mexanizmlarini o‘rganish va davolashda differensial yondashishni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chegaralangan sklerodermiyaning tarqalishi darajasi bolalar va o‘smirlar hamda mehnatga layoqatli aholiga xos bo‘lib, asosan ayollarda kuzatilishi, ko‘pchilik bemorlarda ko‘p o‘choqli maydoni katta, eritema va induratsiya indekslari yuqori, skleroz va atrofiya bosqichida bo‘lgan pilakchali shakli hamda bemorlarda gepato-biliar va endokrin tizimi patologiyasini ko‘p uchrashi asoslangan;
chegaralangan sklerodermiyani rivojlanishida COL1A1 (rs1107946) geni polimorfizmining “nobop” S/A va mutant A/A genotipik variantlari assotsiatsiyasi kollagen geni ekspressiyasi va parchalanishini susayishi xisobiga kasallik kelib chiqishiga moyilligini, jadal rivojlanishi, og‘ir kechishi va salbiy asoratlarga olib kelishi isbotlangan;
ASLO, ikki va, ayniqsa bitta spiralli DNKga nisbatan autoantitanachalar miqdorini oshishi aniqlandi, ularni darajasi kasallikning shakli, hamda patologik jarayonning bosqichiga bog‘liq bo‘lib autoimmun jarayonlar rivojlanishi isbotlangan;
fibrozli o‘choqlarni rivojlanishida endoteliy disfunksiyasining o‘rni ahamiyatli bo‘lib, VEGFni miqdorini pasayishi va TGF-βni esa ortishi, ular orasida kuchli teskari korrelyativ bog‘lanishi bilan isbotlangan;
patologik o‘choqlarni bosqichlariga bog‘liq holda polikomponentli fermentli longidaza va 308 nm li eksimerli nur bilan chegaralangan sklerodermiyani davolash  samaradorligi isbotlangan;
chegaralangan sklerodermiyaning o‘choqlarida eritema va induratsiya indekslarini sezilarli darajada pasayishi, qon zardobida TGF-βmiqdorini pasayishi, VEGF miqdorini esaortishi, qo‘llanilgan davolash usulining kuchli yallig‘lanishga qarshi va antifibroz ta’siri yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chegaralangan sklerodermiyani davolashda organizmning molekulyar-biokimyoviy ko‘rsatkichlariga asoslangan holda takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalar asosida:
dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyada diagnostika va davolash standartlari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 266-son ma’lumotnomasi) olingan natijalar chegaralangan sklerodermiya bo‘lgan bemorlarni optimal davolash va diagnostika usulini amaliyotga tadbiq qilishga imkon yaratgan; 
“Chegaralangan sklerodermiyani davolash taktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 3 oktyabrdagi 8n-r/396-son ma’lumotnomasi). Longidazani sxema bo‘yicha tizimli va lokal qo‘llash 8,8% bemorlarda klinik sog‘ayish, 47,1%da – ancha yaxshilanish, 41,2%da – yaxshilanishga, 82% bemorlarda 1 yil davomida turg‘un klinik remissiyaga erishishga imkon bergan;
ChSni ushbu davolash usuli Samarqand viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri va Navoiy viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2020 yil 25 noyabrdagi 8nd/197-son bilan ma’lumotnomasi) amaliy faoliyatiga tadbiq qilindi. Natijada chegaralangan sklerodermiyani ishlab chiqilgan kompleks davolash usuli remissiyani uchayishi, kasallikni qaytalanishini kamayishi hamda bemorlarning hayot sifat ko‘rsatkichi yaxshilanishi xisobiga davolashning iqtisodiy samaradorligi ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish