Avazov Komil Raxmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qobiqning texnologik xususiyatlarini saqlashda pillalarga infraqizil nur bilan dastlabki ishlov berish» 05.06.02–«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T48.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pilla g‘umbagini infraqizil nurda jonsizlantirib, qobiqning texnologik xususiyatlarini saqlash, yuqori sifatli ipak chuvish, nuqsonli pillalardan yigirilgan ipak uchun xomashyo tayyorlashning takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tirik pillalar g‘umbagini infraqizil nurda jonsizlantirish va quritishning ilmiy asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilib, g‘umbakni jonsizlantirishda uning vaqt birligidagi haroratining o‘zgarishi modellashtirilgan;
takroriy mavsumda etishtirilgan tirik pillalar g‘umbagini infraqizil nur ta’sirida jonsizlantirib, davomli issiq havoda quritishning takomillashgan texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
pillalar g‘umbagini jonsizlantirishning takomillashgan qurilmasi yaratilib, uni quyosh energiyasi manbai bilan ta’minlovchi fotoelektrik sistemasining FES 100/12 model sxemasi ishlab chiqilgan va pilla g‘umbagini infraqizil nurda jonsizlantirish texnologiyasi yaratilgan;
KMS-10VU dastgohi takomillashtirilib navsiz va nuqsonli pillalarni chuvish asosida yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak olish texnologiyasi yaratilgan;
sifatli, xalqaro standart talablariga javob bera oladigan ipak gilamlarini ishlab chiqarish uchun xomashyo tayyorlashning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qobiqning texnologik xususiyatlarini saqlashda pillalarga infraqizil nur bilan dastlabki ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pillani dastlabki ishlash jarayonida ularni jonsizlantirish va quritish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agengligining ixtiroga patentlari (IAP 04918, 2014 y.; IAP 06368, 2020 y.) olingan. Natijada pilla qobig‘ining tabiiy xususiyatlarini nisbatan saqlash imkonini bergan;
pillani dastlabki ishlashning takomillashtirilgan, resurstejamkor texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan «Kumush tola» pillakashlik korxonasida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 11 noyabrdagi 4-2/2279-son ma’lumotnomasi). Natijada tirik pilla g‘umbagini qisqa vaqt ichida jonsizlantirish, soyali quritish vaqtini qisqartirish va qobiqning texnologik xususiyatlarini saqlash imkonini bergan;
qobiqning texnologik xususiyatlarini saqlashda pillalarga infraqizil nur bilan dastlabki ishlov berish texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan «O‘rtachirchiq agro-pilla» korxonasida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 11 noyabrdagi 4-2/2279-son ma’lumotnomasi). Natijada navli pillalar chiqishini 6,4 % ga oshirish, ezilgan pillalar miqdorini 6,1 % ga kamaytirish imkonini bergan;
navsiz va nuqsonli pillalarni qayta ishlashning takomillashgan texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan «Koson agropilla» korxonasida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 11 noyabrdagi 4-2/2279-son ma’lumotnomasi). Natijada ipak gilamlari uchun 12-16 teks yuqori chiziqli zichlikdagi sifatli xom ipak ishlab chiqarish imkonini bergan;
qobiqning texnologik xususiyatlarini saqlashda pillalarga infraqizil nur bilan dastlabki ishlov berish texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan «Koson agropilla» korxonasida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 11 noyabrdagi 4-2/2279-son ma’lumotnomasi). Natijada pillalardan chuvib olingan xom ipakning solishtirma uzish kuchini 6,6 % ga, nisbiy cho‘zilishini 8,6 % ga oshirish imkonini bergan. Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy etilishi orqali xalqaro standart talablariga mos xom ipak olish, nuqsonli pillalardan yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak ishlab chiqarish orqali korxona samaradorligini oshirish imkoni yaratiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish