G‘ofurova Mavludaxon Botirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p tillilik vaziyatida nutqiy varvarizmlarni qo‘llashning lingvokul`turologik tadqiqi” (ingliz va o‘zbek tillari materialida)», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil850.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akrom Maxmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Rustamova Dilrabo Abdurahimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida varvarizmlarning semantik, funksional, lingvokul’turologik xususiyatlarini tavsiflash va qiyoslash hamda ularning til me’yorlariga munosabatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyatlar to‘qnashuvida yuzaga kelganligi sababli varvarizmlar til me’yorlari chegarasini kengaytiruvchi, tilning ifoda potensial imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, til lug‘at tarkibini boyituvchi manba ekanligi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi varvarizmlarning lisoniy mavqei ko‘p tillilik va ko‘p madaniyatlilik vaziyatining globallashuvi sababli yuzaga kelishi ekspressivlik va funksional-semantik jihatdan nutqiy reallashuvdagi stilistik o‘ziga xoslik, etnik madaniy jihatdan turlichalik asosida dalillangan.
ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning favqulodda kuchayishi natijasida hozirgi o‘zbek tiliga bu tildan so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri varvarizmlar va ekzotizmlar shaklida, semantik so‘z yasash, frazeologik kal`kalash, perifrastik birikmalar hamda evfemizmlar shaklida o‘zlashtirilayotganligi nazariy-amaliy jihatdan isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi varvarizmlarning tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, so‘z qo‘shilmasi, mazmuniga ko‘ra denotati yo‘q so‘zlar, munosabatni bildiruvchi so‘zlar, qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar, kiyim-kechak nomlari, oziq-ovqat nomlari, geografik landshaft nomlari turlari leksik me’yorda kodifikatsiyalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p tillilik vaziyatida nutqiy varvarizmlarning struktur-semantik, funksional va lingvokul`turologik jihatlari tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘rganilayotgan tillardagi varvarizmlarning lingvokul`turologik xususiyatlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi tub so‘zlar, o‘zlashgan so‘zlar funksional kategorizatsiyasi doirasida tillarda leksik me’yor tushunchasi, uning asosiy tamoyillari haqidagi ilmiy xulosalardan №OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada varvarizmlarning semantik-funksional va
lingvokul’turologik xususiyatlari xamda ularni til me’yorlariga
munosabati masalasini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 89-03-4819-son ma’lumotnomasi). Natijada, varvarizmlarning ommaviy lisoniy madaniyat tushunchasi hamda til me’yorlariga munosabati masalasining nazariy talqini mukammallashgan;
tilda varvarizmlarning paydo bo‘lish omillarini aniqlashga oid xulosalardan №574097-EPP1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP «RUECVET: «Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana» (2016-2019) nomli xalqaro ilmiy loyihada tillarning sofligi va til ta’limida lisoniy me’yorning o‘rnini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 89-03-4819-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning iste’mol doirasi chegaralangan unsurlaridan foydalanishning lingvokul`turologik asoslari stilistik kategorizatsiya tamoyillari bilan takomillashtirilgan;
til lug‘at tarkibi uslubiy kategorizatsiyasi nazariy tamoyillariga asoslangan holda ingliz va o‘zbek tillaridagi varvarizmlar tarkibi va semantik xususiyatlariga doir tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Bedorlik» turkum radioeshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 25 martdagi O’z/R-9-21-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarga til lug‘at tarkibida varvarizmlarning uslubiy bo‘yoqdorligi, til sofligiga ta’siri jihatlari ochib berilgan.