Elov Jamshid Bekmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarining axborot modellari va tizimlarini ishlab chiqish», 05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1126.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobirjon Abdurahmonovich, texnika fanlari doktori; Raxmanov Qurbon Sodikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish biznes jarayonlarini modellashtirish, ma’lumotlar bazasi va tuzilmalarini yaratish hamda MVC (Model-View-Controller) texnologiyalar asosida kompleks axborot tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks axborot tizimini loyihalash va yaratishdagi asosiy funksiyalarni belgilashda tibbiyot ta’limi o‘quv jarayonining noan’anaviy shakllarini hisobga olgan holda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati biznes jarayonlarining BPMN (Business Process Model and Notation) modellari yaratilgan;
ma’lumotlar bazasining asosiy atributlari yordamida ma’lumotlarni to‘plash va tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish amallarini bajarish uchun ma’lumotlarning relyasion modeli va normallashtirish qoidalari asosida tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish axborot tizimining ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish axborot tizimining arxitekturasi va biznes-logikasini qurishda IDEF (Integrated Definition) modellashtirish metodologiyasi asosida axborot tizimining funksional modellari va ma’lumotlar tuzilmasi ishlab chiqilgan;
malaka oshirish o‘quv jarayonlarini tashkil etish, monitoringini yuritish va tinglovchilar bilimlarini adaptiv baholashga ixtisoslashgan hamda qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish va taqdim etish kompleks axborot tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarining axborot modellari va tizimlari ilmiy tadqiqoti asosida:
malaka oshirish jarayonlarining IDEF va BPMN modellashtirish metodologiyasi asosidagi axborot modellari, ma’lumotlar bazasi va relyasion mantiqiy bog‘lanishlar, tibbiyot muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning o‘zaro integratsiyalashgan kompleks axborot tizimi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 33-8/7027-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarni qamrab olish darajasini 1,5 barobarga oshirish hamda tinglovchilarning ma’lumotlarini shakllantirish vaqtini 3 barobarga qisqartirish imkonini bergan;
normallashtirish qoidalari asosida yaratilgan ma’lumotlar bazasi, relyasion algebraik hisoblashlar va MVC texnologiyasi asosida yaratilgan xodimlar bo‘limi ish faoliyatini boshqarish hamda tinglovchilar bilimlarini baholash axborot tizimlari Toshkent tibbiyot akademiyasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 33-8/7027-son ma’lumotnomasi). Natijada, muassasa xodimlari va ularning shaxsiy hujjatlari elektron bazasini yaratish hamda xodimlarning elektron hujjatlarini shakllantirish vaqtini 2 barobarga, hisobotlarni shakllantirish vaqtini 3 barobarga qisqartirish, nazorat sinovlarini topshiruvchi tinglovchilarning ma’lumotlarini shakllantirish vaqtini 30 foizgacha, ko‘p variantli nazorat sinovlarini o‘tkazish va baholash jarayonlarining vaqtini 50 foizgacha qisqartirish imkonini bergan.