Bo‘ronov Akmal Qalandar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistondagi qadimiy mahalliy bug‘doy navlarining gliadin oqsili polimorfizmi va irsiylanishi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3. PhD /V122.
Ilmiy rahbar: Baboev Saidmurat Kimsanbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Jamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Djabbarov Ibroxim Shodmonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning qadimiy mahalliy yumshoq bug‘doy navlarining miqdoriy belgilari va gliadin oqsillarining elektroforetik spektrlari bo‘yicha identifikatsiya qilish asosida yangi tizmalar ajratib olishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning chekka hududlarida tabiiy holda saqlanib qolgan 31 ta qadimiy mahalliy bug‘doy navlarining tarqalish areallari, qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan, morfologik belgilari bo‘yicha identifikatsiya qilingan va katalogi tuzilgan;
qadimgi mahalliy bug‘doy navlaridan genetik jihatdan nonboplik va to‘yimlilik sifatlari yuqori bo‘lgan namunalar ajratib olingan va bu jihatning komersial navlarga o‘tkazish mumkin ekanligi aniqlangan;
qadimiy mahalliy yumshoq bug‘doy navlari donidagi gliadin oqsillarining elektroforetik spektrlari bo‘yicha polimorfizmi aniqlangan;
qadimiy mahalliy bug‘doy navlaridan elektroforetik spektrlari bo‘yicha yakka tanlov asosida hosildor, nonbopligi va to‘yimligi yuqori bulgan Qayroktosh navi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistondagi qadimiy mahalliy bug‘doyning gliadin oqsillari polimorfizmi va irsiylanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yumshoq bug‘doyning Qayroqtosh navi Samarqand viloyati Payariq tumani «Istiqlol» fermer ho‘jaligi dalasida 11 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 02/021-2569-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu navning suvsizlikka chidamliligi, nonboplik sifati yuqoriligi va hosildorligi xisobiga respublikaning suv bilan kam ta’minlangan hududlarida va lalmi maydonlarda yuqori don xosili olish imkonini bergan;  
qadimiy mahalliy bug‘doy navlarining 30 dan ortiq namunasi №FA-F5-027 «G‘o‘za va bug‘doyda sho‘rxoklikka, suvsizlikka va kasallikka chidamlilikning irsiylanishi va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganish» va №VA-FA-F-5-005 «Kuzgi bug‘doy germplazmasida shiralarga chidamli bo‘lgan genlar va lokuslarni aniqlash» mavzularidagi fundamental loyihalarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 8 oktyabrdagi 4/1255-2173-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning biotik va abiotik  omillarga chidamliligi bo‘yicha yangi ma’lumotlar olish imkonini bergan; 
Qayroqtosh navi 2019 yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Oltinboev eri» fermer xo‘jaligida BMTning  oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkilotining Markaziy Osiyo va Turkiyada quruq va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi erlarini tabiiy resurslarini kompleks boshqarish» (GCP/SEC/293/GFF) loyihasi doirasida 7 gektar lalmi maydonga joriy etilgan (UN FAOning13-11-2020 yil 276-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, navning qurg‘oqchilik va issiqlikka chidamliligi va uning boshqa navlarga nisbatan qimmatli iqtisodiy xususiyatlari jixatidan ustunligi xisobiga  ushbu navdan yuqori sifatli urug‘lik tayyorlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish