Irisbekova Mavluda Narinbaevnaning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasihaqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Marketing tamoyillari asosida transport xizmatlari bozorini optimallashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisodiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 27.01.2017/B2017.1.I651.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent moliya instituti, 14.07.2016.I.31.01.

Rasmiy opponentlar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karrieva Yakutjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiëtni modernizatsiyalash sharoitida marketing tamoyillari asosida transport xizmatlari bozorini optimallashtirishga yo‘naltirilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuk tashish transport xizmatlari bozorini samarali tashkil etishda innovatsion rivojlanish talablari va bozordagi sifat o‘zgarishlarini sinxron e’tiborga olishga yo‘naltirilgan mexanizm ishlab chiqilgan hamda lisenziyalash qamrovini kengaytirish bo‘yicha takliflar asoslangan;

transport korxonalari faoliyatida «just in time» (aniq muddatga) konsepsiyasi asosida qiymat va vaqt omillarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash negizida yuk tashishda harakatlanish vaqtini qisqartirish taklifi asoslangan;

transport korxonalarining texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion salohiyatlaridan unumli foydalanish asosida maqsadli bozor segmentida raqobat ustunligini ta’minlash hisobiga yo‘lovchilar tashish hajmini oshirish va o‘zgaruvchan xarajatlarni tejash bo‘yicha takliflar asoslangan;

mijozlarning avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimiga kirib kelish vaqti oralig‘idagi ehtimolliklarning xizmat turlari bo‘yicha taqsimlanishiga mos bo‘lgan tasodifiy qiymatlarini hosil qilish sharoitida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

transport xizmatlari bozorida tashish hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikni e’tiborga olgan holda yuk va yo‘lovchilar tashish hajmining 2015–2018 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Marketing tamoyillari asosida transport xizmatlari bozorini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

yuk tashish transport xizmatlari bozorini samarali tashkil etishda innovatsion rivojlanish talablari va bozordagi sifat o‘zgarishlarini sinxron e’tiborga olishga yo‘naltirilgan mexanizmi hamda lisenziyalash qamrovini kengaytirish taklifi O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligining 2015 yil 5 iyundagi 3/1714-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan bir birlik avtomobil` uchun davlat byudjetiga to‘lanadigan yillik soliq miqdorini oshirish imkoni yaratilgan;

transport korxonalari faoliyatida «just in time» (aniq muddatga) konsepsiyasi asosida qiymat va vaqt omillarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash negizida yuk tashishda harakatlanish vaqtini qisqartirish taklifi «Avtotransport Energoqurilish» AJ amaliyotiga tatbiq etilgan («Avtotransport Energoqurilish»  AJning 2015 yil 2 noyabrdagi 01/349-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida bitta avtomobil` transporti vositasining bir yillik iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;

transport korxonalarining texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion salohiyatlaridan unumli foydalanish asosida maqsadli bozor segmentida, raqobat ustunligini ta’minlash hisobiga yo‘lovchilar tashish hajmini oshirish va o‘zgaruvchan xarajatlarni tejash taklifi «Toshshahartransxizmat» AJ amaliyotiga qo‘llanilgan («Toshshahartransxizmat» AJning 2015 yil 31 yanvardagi 5-16/63-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida Toshkent shahri jamoat transportida yo‘lovchi tashish hajmi yiliga qo‘shimcha 1,4 mln. nafarga oshdi va ekspluatatsion xarajatlar miqdori 245,4 mln. so‘mga kamaydi;

mijozlarning avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimiga kirib kelish vaqti oralig‘idagi ehtimolliklarning xizmat turlari bo‘yicha taqsimlanishiga mos bo‘lgan tasodifiy qiymatlarini hosil qilish sharoitida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish taklifi «Avtotexxizmat» AJ amaliyotiga qo‘llanilgan («Avtotexxizmat» AJning 2015 yil 1 iyuldagi 1/244-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida texnik xizmat ko‘rsatishdan tushgan sof foydaning oshishiga erishilgan;

transport xizmatlari bozoriga marketing vositalari orqali ta’sir o‘tkazish, bozorni segmentlash va ularda raqobat ustunligini ta’minlashga erishish hamda marketing strategiyasini istiqbolga yo‘naltirish taklifi Avtomobil` va daryo transportini rivojlantirish markazi amaliyotiga joriy etilgan (Avtomobil` va daryo transportini rivojlantirish markazining 2015 yil 15 oktyabrdagi 59/2P-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida avtomobil` transportida 2018 yilda 2015 yilga nisbatan yuk aylanmasi hajmining 8,9 foizga oshishi va o‘rtacha tashish masofasining 2,4 foizga kamayishi, tashilgan yuk hajmining 11,6 foizga oshishiga olib kelishi borasidagi prognoz ma’lumotlaridan transport xizmatlarining me’yoriy ko‘rsatkichlarini hisoblash jarayonida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish