Komilova Xolidaxon Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuqlik transportirovka qiluvchi quvurlarning dinamik holatini baholash uchun matematik modellar, metodlar va hisoblash algoritmlari ishlab chiqish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1737.
Ilmiy rahbar: Xudayarov Baxtiyar Alimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Polatov Ashad Muxamedjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Anarova Shaxzoda Amanboevna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyuqlik transportirovka qiluvchi yopishqoq-elastik quvurlar dinamik jarayonlarini baholash uchun matematik modellar, metodlar, hisoblash algoritmlari va kompyuter dasturlarini yaratishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zgarmas va pul`satsiyali tezlikka ega suyuqlik oqib o‘tayotgan hamda mujassamlangan massalar, ichki va tashqi kuchlar hisobga olingan holda yopishqoq-elastik quvur tebranish jarayonlarining matematik modellari ishlab chiqilgan;
ikki fazali suyuqlik oqayotgan yopishqoq-elastik quvur asosi va geometrik chiziqsizlikni hisobga olingan holda quvur tebranishi jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
quvurlardagi suyuqlik oqimi kritik tezligini aniqlash metodikasi va yopishqoq-elastik quvurlar tebranish jarayonlari singulyar yadroli integro-differensial tenglamalarini echishning kvadratur formulalarga asoslangan hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
suyuqlik transportirka qiluvchi yopishqoq-elastik quvurlardagi oqim kritik tezliklarini aniqlash, mujassamlangan massalar, quvurga ta’sir etuvchi kuchlar, quvur materiali yopishqoqlik xususiyatlari hamda Vinkler, Pasternak va Hetenyi’ modellari yordamida quvur asoslarining tebranish jarayoniga ta’sirini tadqiq qilishning kompleks kompyuter dasturlarining tuzilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suyuqlik transportirovka qiluvchi quvurlarning dinamik holatini baholash uchun matematik modellar, metodlar va hisoblash algoritmlari ishlab chiqish asosida:
turli aralashmali suyuqlikning suv chiqarish quvuri tebranish jarayoniga ta’siri, suv omborlari suv chiqarish quvurlariga tashqi kuchlarning ta’siri va gruntli asosning ikki fazali suyuqlik oqib o‘tayotgan suv chiqarish quvuri tebranishi jarayoniga ta’sirini baholash uchun «Chimqo‘rg‘on» suv omborida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 fevraldagi 02/25-543-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari quvurlarning mustahkamligini va ularning turli tashqi kuchlarga chidamligini aniqlash maqsadida muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqtni 1,4 marta kamaytirish imkonini bergan;
ikki fazali suyuqliklar va quvur gruntli asosining hamda quvur materiali reologik parametrlarning ta’sirini baholash uchun Andijon suv omboridagi suv chiqarish quvurlariga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 fevraldagi 02/25-543-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanishi suv ombori suv chiqarish quvurlarida yuzaga keladigan o‘zgaruvchan oqim tezligi, quvurda bosim o‘zgarishi va quvurlarning yaroqliligini aniqlash imkonini bergan.