Babajanov Mumin Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anizotrop jismlarning nochiziqli deformatsiyalanish jarayonini sonli modellashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1428.
Ilmiy rahbar: Abduvali Abdusamatovich Xaldjigitov, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Elmira Shodmonqulovna, texnika fanlari doktori; Isomiddinov Anvar Inomjonovich , PhD.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anizotrop jismlarning nochiziqli deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanik va temperaturaviy boshlang‘ich va chegaraviy shartlarni hisobga olgan xolda deformatsion nazariyasi asosida transversal izotrop jismlar (kompozit materiallar)ning plastik va termoplastik deformatsiyalanish jarayonlarining matematik modellari ishlab chiqilgan;
termomexanik kuchlarni hisobga olgan xolda anizotrop jismlarning nochiziqli deformatsiyalanish jarayonining model tenglamalarini echishning chekli ayirmali samarali sonli usuli ishlab chiqilgan;
termo-elastik-plastik statik, dinamik, bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan masalalarni sonli echishni hisobga olgan xolda oshkor va oshkor bo‘lmagan to‘r tenglamalar qurilgan;
mexanik va temperaturaviy kuchlarni hisobga olgan xolda anizotrop jismning kuchlangan–deformatsiyalanganlik holatini plastik, termoplastik bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy masalalarni sonli echishga mo‘ljallangan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalari va uning strukturasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anizotrop jismlarning nochiziqli deformatsiyalanish jarayonini tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar bo‘yicha olingan ilmiy yangiliklar asosida:
mexanik va temperaturaviy kuchlar ostidagi anizotrop jismning kuchlanganlik–deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qilishga imkon beradigan plastik, termoplastik bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy masalalarni sonli echishga mo‘ljallangan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar Xorazm viloyati Bog‘ot tumani «Arxitektura va qurilish bo‘limi» ob’ektlariga joriy etilgan (Qurilish vazirligi ma’lumotnoma № 10159/09-07-son, 23.12.2019 y., Axborot texnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotnoma №33-8/9024-son, 23.12.2019 y.). Natijada ish unumdorligini 8-10% ga oshish, sarf xarajatlarni esa 7-10% ga qisqartirish imkoniyatini bergan.
kuchlanish va temperaturaning taqsimlanishi va anizotroplikning transversal izotrop jismlarning kuchlanganlik–deformatsiyalanganlik holatiga va plastik sohalarni aniqlashga mo‘ljallangan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi «DAMIR QURILISH SERVIS» MChJ ob’ektlariga joriy etilgan (Qurilish Vazirligi ma’lumotnoma № 10159/09-07-son, 23.12.2019 y., Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi ma’lumotnoma № 33-8/9024-son, 23.12.2019 y.). Natijada, ish unumdorligini 10-15% ga oshirish, sarf xarajatlarni esa 10-15% ga qisqartirish imkoniyatini bergan.