Matchanova Amangul` Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrosanoat majmuasi boshqaruv tizimida kooperatsiyani shakllantirish va rivojlantirish». 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti; 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt309.
Ilmiy rahbar: Farmanov Tulqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.01.2020.I.20.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjalepesov Polat Zinatdinovaich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat agrosanoat majmuasini boshqarish ti-zimida kooperatsion munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisob-lanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy yuqori daromad, raqobatbardosh mahsulot va barqaror samaradorlikni ta’minlaydigan kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy hamkorlik, jozibador investision muhit va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash omillaridan iborat mexanizmlar majmuasi ishlab chiqildi;
tuman (hudud) darajasida agrosanoat majmua boshqaruv tizimida kooperatsiyaviy hamkorlik aloqalarini muvofiqlashtirishga ixtisoslashgan bo‘limlarni tashkil qilish asoslandi;
agroklasterlarning “mahsulot (xom ashyo) tayyorlash – sotib olish – saqlash - qayta ishlash – eksport” zanjiridagi iqtisodiy aloqalarini kooperatsiya asosida rivojlantirishning namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi;
agrosanoat majmuasi sohalari va ilmiy muassasalari o‘rtasidagi kooperatsiyaga asoslangan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida “Fermerlar dala maktablari”ni rivojlantirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi.
Agrosanoat majmuasini boshqarish tizimida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar natijasida:
iqtisodiy yuqori daromad, raqobatbardosh mahsulot va barqaror samaradorlikni ta’minlaydigan kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy hamkorlik, jozibador investision muhit va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash omillaridan iborat mexanizmlar majmuasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 martdagi 02/07-739-son va 2020 yil 24 yanvardagi 01/020-188-son; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 martdagi 03/290-son va 2020 yil 31 yanvardagi 01/107-son; O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlari egalari Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2019 yil 28 martdagi 01/02-1019-son va 2020 yil 25 yanvardagi 01/03-193-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga tadbiq etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ASMni boshqarish tizimida ishlab chiqarish va kadrlar salohiyatini kuchaytirish, mavjud moddiy-texnik bazadan ratsional va barqaror foydalanish imkonini yaratadi;
tuman (hudud) darajasida agrosanoat majmua boshqaruv tizimida kooperatsiyaviy hamkorlik aloqalarini muvofiqlashtirishga ixtisoslashgan bo‘limlarni tashkil qilish bo‘yicha takliflar «Beruniy Cluster» MChJ, «Bo'ston cluster» MChJ va «Amudaryo tex» MChJ faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 martdagi 02/07-739-son va 2020 yil 24 yanvardagi 01/020-188-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 martdagi 03/290-son va 2020 yil 31 yanvardagi 01/107-son, O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlari egalari Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2019 yil 28 martdagi 01/02-1019-son va 2020 yil 25 yanvardagi 01/03-193-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali boshqarish, boshqaruvning innovatsion va funksional asoslarini mustahkamlash imkonini bergan;
agroklasterlarning “mahsulot (xom ashyo) tayyorlash – sotib olish – saqlash - qayta ishlash – eksport” zanjiridagi iqtisodiy aloqalarini kooperatsiya asosida rivojlantirishning namunaviy tuzilmasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 martdagi 02/07-739-son va 2020 yil 24 yanvardagi 01/020-188-son), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 martdagi 03/290-son va 2020 yil 31 yanvardagi 01/107-son ma’lumotnomalari) va O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlari egalari Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi (28.03.2019 yildagi №01/02-1019-son va 25.01.2020 yildagi №01/03-193-son ma’lumotnomalari) Klasterlar faoliyatida kooperatsiya munosabatlarining rivojlanishi klasterning barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarini barqaror boshqarish, boshqaruvning innovatsion va funksional asoslarini mustahkamlash imkonini beradi;
agrosanoat majmuasi sohalari va ilmiy muassasalari o‘rtasidagi kooperatsiyaga asoslangan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida “Fermerlar dala maktablari”ni rivojlantirish to‘g‘risida takliflar amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 martdagi 02/07-739-son va 2020 yil 24 yanvardagi 01/020-188-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining .2019 yil 27 martdagi 03/290-son va 2020 yil 31 yanvardagi 01/107-son, O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlari egalari Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2019 yil 28 martdagi 01/02-1019-son va 2020 yil 25 yanvardagi 01/03-193-son ma’lumotnomalari). Takliflarning amaliyotga joriy qilinish agrosanoat majmuasi tizimida fan-ishlab chiqarish munosabat-larinig mustahkamlash negizida innovatsion texnologiyalar va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga mustahkam asos yaratadi.