Abdullaeva Vasila Karimbekovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Geroin giyohvandligining klinik-patogenetik asoslari va uning terapevtik uslublarini takomillashtirish (klinik-eksperimental tekshiruv)», 14.00.18–Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib436.

Ilmiy maslahatchi: Xodjaeva Nazira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 14.07.2016.Tib.19.01.

Rasmiy opponentlar: Zrajevskaya Inna Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Mxitara Geratsi nomidagi Erevan davlat tibbiyot universiteti (Armaniston Respublikasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: opioidlarga tobelikning klinik-psixopatologik va patokimyoviy jihatlarini aniqlash hamda davolash uslublarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

opioidlarga tobe shaxslarda hamroh somatik kasalliklari (surunkali virusli gepatit V va S) rivojlanishida premorbid ijtimoiy deviatsiyalar, narkologik kasalliklarga nasliy moyillik hamda ijtimoiy-psixologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

hamroh somatik kasalliklarni (surunkali virusli gepatit V va S) hisobga olgan holda opiy abstinent sindrom hamda giyohvandlikka moyillikning xususiyatlari ochib berilgan;

opioidlarga tobe shaxslarda hamroh somatik kasalliklarining (surunkali virusli gepatit V va S) tizimli oksidlanish stress jadalligiga va qondagi antioksidlanish tizimining yaqqol susayishiga ta’siri isbotlangan;

tajriba sharoitida narkotiklar bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishda endogen antioksidlanish tizimining zaiflashuvi hamda oqsillar parchalanishi moddalarining (o‘rta molekulyar peptidlar) to‘planishi fonida jigarning hujayra osti qismlari va yurak to‘qimalarida kislorodning faol shakllari jadallashuvining uzaytirilgan kuchayishi bilan ifodalanadigan patogenezning asosiy bo‘g‘ini aniqlangan;

tajriba tadqiqotlari natijalari asosida geroin giyohvandligining davolash choralari majmuasiga antioksidantlarni erta kiritilishi va jigarda ularning zahirasini yaratish zarurati patogenetik asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Geroin giyohvandligining patogenetik jihatlari va terapevtik uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

geroin giyohvandligini tashxislash va terapevtik uslublarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Geroin giyohvandligida reabilitatsiya yondashuvlarni belgilovchi shaxs buzilishlarining klinik-psixopatologik va psixologik tashxisoti» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 24 maydagi 8N-d/69-son; 2015 yil 11 dekabrdagi 8N-d/69-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy qo‘llanma geroin giyohvandligiga chalingan bemorlarda shaxs o‘zgarishlarni klinik-psixologik tashxislashning uslubiy asosini takomillashtirishga xizmat qiladi; 

geroin giyohvandligining rivojlanishi, klinik-psixologik xususiyatlari, tashxisoti va davolash-reabilitatsiya chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Jizzax viloyati narkologik dispanseri va Xorazm viloyati narkologik dispanseri amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 11 dekabrdagi 8N-d/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi geroin giyohvandligiga chalingan bemorlarning ijtimoiy moslashuvi ortishi, qayta kasallanishlarning oldini olishi, kasallikning remissiya davrini 6,6 oyga uzayib, shifoxonada qayta davolanish sonini 1,7 martaga kamaytirish imkonini berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish