Tursunov Sherzod Abduqodirovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Telekommunikatsiya sohasida investisiya faoliyatini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA№0000169/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.I183.

Ilmiy maslahatchi: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,14.07.2016.I.03.01.

Rasmiy opponentlar: Nigmatovna Raximova Dilfuza, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Odil Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotningmaqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida telekommunikatsiya sohasida investisiya faoliyatini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

telekommunikatsiya sohasida investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini baholovchi integral ko‘rsatkich va indikatorlar tizimi soha menejmenti, xizmatlar samaradorligi, personalning malakaviy darajasi va tashkiliy-texnik yo‘nalishlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;

sof foydaning jalb qilinayotgan investisiyalar miqdori va xarajatlarga bog‘liq bo‘lgan ikki o‘lchovli chiziqli regressiya modeli ishlab chiqilgan;

telekommunikatsiya sohasida investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini narx siyosati, lisenziyalash va sug‘urtalashni e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

hududiy rag‘batlantirish, qulay investisiya muhitini yaratish kabi omillar asosida telekommunikatsiya sohasi sub’ektlarining investision jozibadorligini yanada oshirish va samarali rivojlantirish bo‘yicha  takliflar ishlab chiqilgan;

milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasini innovatsion rivojlanish talablari asosida 2017–2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya faoliyatini rivojlantirish strategiyasi asoslangan;

milliy operator tarmog‘i asosida raqamli televidenie va radioeshittirishlarni takomillashtirish, intellektual va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha investisiyalarni jalb qilish istiqbollari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Telekommunikatsiya sohasida investisiya faoliyatini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

maqsadli strategiyani ishlab chiqish, raqamli televidenie hamda radioeshitti-rishlarni takomillashtirish, intellektual va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, sof foydaning jalb qilinayotgan investisiyalar miqdori va xarajatlarga bog‘liq bo‘lgan ikki o‘lchovli chiziqli regressiya modeli hamda sof foyda va uning samaradorligi ko‘rsatkichlaridan istiqbolli investision loyihalarni ishlab chiqishda foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «O‘zbektelekom» AK faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbektelekom» AKning 2016 yil 25 martdagi 27-01-46/1449-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida 2014–2015 yillarda 87 mln. so‘mlik xarajatlar tejab qolingan va 265 mln. so‘mlik qo‘shimcha daromad olingan. Kelgusi yillarda ham xuddi shunday iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyati yaratilgan;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakl va usullarini takomillashtirish hamda investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va uning milliy iqtisodiyot raqobatbar-doshligini oshirishga ta’sirini baholash» loyihasida foydalanilgan (2012–2014) (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-tirish vazirligining 2014 yil 10 noyabrdagi 24-8/6619-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida ilg‘or xorijiy tajribadan AKT sohasini samarali boshqarish bo‘yicha maqsadli takliflardan foydalanilgan;

tarmoq rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash usullari va shakllarini takomillashtirish hamda investision jozibadorligini oshirish, sohada investisiya faoliyatini boshqarish uslubiyati va uning samaradorligini baholovchi indikatorlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 28 martdagi 24-8/1685-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning joriy qilinishi natijasida telekommunika-siya sohasida investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish