Alijonova Maxbuba Rustamjonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.4.PhD/Ped262.
Ilmiy rahbar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirish jarayonlarida talabalarga urf-odatlar, rasm-rusumlar va qadriyatlarning mazmun-mohiyati, zaruriyati va ahamiyatini tushuntirish asosida ularda ijobiy munosabatlar, ehtiyojlar hamda o‘quv motivlarini qaror toptirish vositasida kasbiy-ma’naviy fazilatlarni shakllantirish mexanizmlari takomillashtirilgan; 
bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishda ijtimoiy-ma’naviy muhitning qulay ta’limiy muhit sifatidagi o‘rni va ahamiyati ijtimoiylashuv omillarining (mikro, mezo, mego) ta’sir darajasi dinamikasi orqali ilmiy asoslangan;
bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlashda dars va darsdan tashqari jarayonlar, maqsadli kurslar, vebinarlar va o‘quv materiallarini ichki va tashqi (maqsadli va tizimli) integratsiyasini ta’minlash asosida talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirish vositalari takomillashtirilgan; 
muzey pedagogikasi va dastlabki dehqonchilik taraqqiyotining tahlili asosida talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirish jarayonlari modeli interiorizatsiya, improvizatsiya, refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishda ijtimoiy muhitning o‘rni va ahamiyatini ijtimoiylashuv omillari ta’sir darajasining rivojlanishiga ko‘ra aniqlashtirishga doir takliflardan 5111000 – kasb ta’limi (agronomiya) bakalariat yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  2 noyabrdagi 89-03-4618-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida kasbiy-ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishga oid talablar takomillashtirilgan;
bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishda pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish jarayonlarini gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlashga oid takliflar 585603-EPP-1-2017-1-DE-EPKA 2-CBHE-JP TOPAS: “Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha nazariyaga asoslangan ta’limdan amaliyotga asoslangan ta’limga o‘tish” (2017-2020 yy.) nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4618-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik-psixologik fanlarni mazmunan kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga tatbiq etilgan;
talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirish jarayonlariga interiorizatsiya, improvizatsiya, refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishga doir takliflardan P3-20170930223, “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020) nomli amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  2 noyabrdagi 89-03-4618-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishda ijtimoiy institutlar va madaniy-ma’rifiy muassacalarning hamkorligini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish